O. T. Husanov konstitutsiyaviy


« ... fuqarolarning axborot sohasidagi huquq va erkinliklarini



Yüklə 10,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə85/268
tarix01.12.2023
ölçüsü10,6 Mb.
#170776
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   268
Konstutsiyaviy Huquq O.T.Husanov

« ... fuqarolarning axborot sohasidagi huquq va erkinliklarini
ta’m inlash m asalasi in son n in g axborot olish, axborotni va o4z shaxsiy
fikrini tarqatish huquqi va erkinligini o‘zida mujassam etgan bo‘lib,
bu 0 4zbekistonda demokratik jamiyat asoslarini barpo etish n in g
muhim sharti, ta’bir joiz bo4lsa, tam al toshi hisoblanadi»1.
1 K arim ov I.A . M a m la k a tim iz d a d em o k r a tik islo h o tla r n i yan a d a ch u q u r ia sh tir ish va fuqarolik
ja m iy a tin i rivojlantirish k o n sep siy a si. - Т.: « 0 ‘zb ek isto n » , 2 0 1 0 . 28-bet.
117


7-§. Vijdon erkinligi
«... Vijdon erk inligi, m illatlararo totuvlik, dinlararo b ag‘rikenglik,
m am lakatim izda va xorijda fuqarolarim izni kafolatli him oya qilish
bundan buyon ham davlat siyosatining ustuvor yo4n alish larid an bo‘lib
qoladi»1, 
- deb e’tirof etdi Sh. Mirziyoyev Konstitutsiya qabul qilinganligining 
27 yilligiga bag‘ishlangan marosimdagi m a’ruzasida.
Fuqarolarning 
vijdon 
erkinligi 
orqali 
dinga 
munosabat 
aniqlanadi. 
M am lakatim izdagi barcha shaxslar uchun (millati, irqidan q at’iy nazar) 
vijdon erkinligi kafolatlanadi. Bu Konstitutsiyaning 31-moddasida quyidagicha 
ifodalangan: «Hamma uchun vijdon erkinligi kafolatlanadi. Har bir inson 
xohlagan dinga e’tiqod qilish yoki hech qaysi dinga e’tiqod qilmaslik huquqiga 
ega. Diniy qarashlarni majburiy singdirishga yo‘l qo‘yilmaydi».
Demak, vijdon erkinligi quyidagilarda o‘z ifodasini topadi:
- har bir fuqaroning xohlagan diniga e’tiqod qilishi;
- hech qanday dinga e ’tiqod qilmasligi;
- hech qanday diniy qarashlarni majburiy singdirilishiga yo‘l qo‘yilmasligi.
H ar qanday dinda insonni m a’naviy-axloqiy kamol topishga, birodarlik,
b ag ‘rikenglikka undovchi ijobiy m a’lumotlar (g ‘oyalar) mavjud. S huning uchun 
ham dinga e’tiqod qilish, uning qoidalariga amal qilish taqiqlanmaydi. Shuningdek, 
biror-bir dinga e’tiqod qilish uchun da’vatlar qilish, ta rg ‘ibot qilishga, m a’lum bir 
dinning ustunligini ko‘rsatishga ham yo‘l qo‘yilmaydi.
Vijdon erkinligi xalqaro miqyosda e’tirof etilgan erkinlik bo‘lib, u «Inson 
huquqlari umum jahon Deklaratsiyasi»da ham mustahkamlangan.
Vijdon erkinligi Konstitutsiyamizdan tashqari boshqa qonunlarda ham 
belgilangan bo‘lib, bu qonunlar fuqarolarning Konstitutsiyaviy vijdon erkinligini 
ta ’minlashni, kafolatlashni nazarda tutadi.
1998-yil 1-mayda 0 ‘zbekiston Respublikasining «Vijdon erkinligi va 
diniy tashkilotlar to ‘g ‘risida»gi Qonuni yangi tahrirda qabul qilindi. 2 008 va 
2018-yillarda bir necha o‘zgartirish va qoshimchalar kiritildi.
Ushbu Q onun har bir shaxsning vijdon erkinligi va diniy e’tiqod huquqini
dinga m unosabatidan q at’iy nazar, fuqarolarning tengligini t a ’minlash, 
shuningdek, diniy tashkilotlarning faoliyati bilan bog‘liq m unosabatlarni 
ta rtib g a soladi.
Qonunning qoidalari fuqarolarning xohlagan dinga e’tiqod qilish yoki 
qilmaslik huquqini ta ’minlashni nazarda tutishi bilan birga, diniy rasm-rusumlar, 
marosimlarda qatnashish yoki qatnashmaslikka o‘z ixtiyori bilan yondashishni 
ko‘zda tutadi.
Vijdon erkinligi fuqarolarga diniy ta’lim olish, din namoyandasi bo‘lish 
imkoniyatlarini ham beradi. Faqat hech kim o‘z ixtiyoriga zid tarzda diniy 
ta’limot olishga majbur qilinmaydi.

Yüklə 10,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   268




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin