orqali ishtirok etish huquqiga egadirlar. Bunday ishtirok etish o‘zini o‘zi
boshqarish, referendumlar o‘tkazish va davlat organlarini
demokratik tarzda
tashkil etish, shuningdek, davlat organlarining faoliyati ustidan jamoatchilik
nazoratini rivojlantirish va takomillashtirish yo‘li bilan amalga oshiriladi», - deb
belgilangan.
Demak, fuqarolarning davlat va jamiyat ishlaridagi ishtiroki,
eng avvalo,
davlat va jamiyatni boshqarishda namoyon bo‘ladi. Ya’ni bu - davlat va jamiyat
ishlarini boshqarish huquqidir. Ana shu huquq turli shakllar, vositalar orqali
ro‘yobga chiqariladi.
Konstitutsiyaning o'zida qayd qilinishicha, fuqarolar
davlatni boshqarishda
bevosita
hamda
vakillari
orqali
ishtirok
etadi.
Fuqarolarning davlatni
boshqarishdagi ishtirokini ta ’minlovchi huquq, eng avvalo, saylov huquqidir.
«Erkin saylov va o‘z xohish-irodasini erkin bildirish prinsiplari,
birinchi navbatda har bir shaxsning davlat hokimiyati vakillik
organlariga saylash va saylanish bo'yicha konstitutsiyaviy huquqi
m illiy davlatchiligim iz m odelining asosini tashkil etadi»1.
0 ‘zbekiston fuqarolari m a’lum yoshga yetgach, saylov huquqidan foydalanadi.
Bu saylash huquqi va saylanish huquqidir. Saylovlarda fuqarolarning bevosita
ishtirok etish huquqi ham, vakillari orqali ishtirok etish huquqi ham ta’minlanadi.
A gar fuqarolarning saylovda ovoz berishi, saylov komissiyalari faoliyatida
ishtirok etishi bevosita ishtirokiga misol bo‘lsa, fuqarolar
tomonidan saylangan
deputatlar, Prezident xalq nomidan ish ko‘rishi sababli xalqning vakillari orqali
ishtirokiga misol bo‘ladi.
Senatorlarni fuqarolar to‘g ‘ridan-to‘g ‘ri saylamasa-da, ular ham vakillik
ifodasidir, ularni xalq saylagan deputatlar o‘z orasidan saylaydi. Davlat organlari
ishida ham m a fuqarolarning bevosita ishtirok etishiga imkoniyat yo‘q,
shuning
uchun bir guruh fuqarolar yoki shaxslar davlat organlarida davlatni boshqarishda
bevosita ishtirok etsa, (deputat, Senator, Prezident), bir g uruh fuqarolar ularning
vakili sifatida ishtirok etadi (yana deputatlar, senatorlar, Prezident).
Fuqarolar davlat va jamiyat hayotiga taalluqli
muhim masalalar yuzasidan
referendumda (ovoz berishda) ishtirok etish, qonun loyihalari muhokamasida
ishtirok etish orqali ham davlat va jamiyat ishlarida ishtirok etgan hisoblanadi.
0 ‘zbekistonda
oxirgi
referendum
2002-yil
27-yanvarda
o‘tkazilib,
unda
P arlam entning ikki palatali strukturasiga o‘tish, Prezidentning vakolat muddatini
besh yildan yetti yilga o‘zgartirish masalasi hal qilindi. Referendumda ham
saylovdagi kabi m a’lum yoshga yetgan fuqarolar ishtirok etadi.
0 ‘zbekiston Respublikasining «O‘zbekiston Respublikasining
referendumi
to‘g ‘risida»gi Qonuni 2001-yil 30-avgustda yangi tahrirda qabul qilingan bo‘lib,
unga asosan, referendum xalq irodasining bevosita ifodasi hisoblandi.
Dostları ilə paylaş: