etuvchi vositalarga erishish uchun uzoq vaqt kurash olib borishgan, natijada,
ularga miting, namoyish, yig‘ilish o‘tkazish huquqi berilgan.
0 ‘zbekiston Konstitutsiyasida ham demokratiyaningajralmasxususiyatlaridan
bo‘lgan va fuqarolar faoliyatini ta’minlovchi miting, namoyish, yig‘ilish o‘tkazish
huquqi mustahkamlab qo‘yilgan. 33-moddada: «Fuqarolar o‘z ijtimoiy faolliklarini
0 ‘zbekiston Respublikasi qonunlariga muvofiq mitinglar, yig‘ilishlar va
namoyishlar shaklida amalga oshirish huquqiga egadirlar. Hokimiyat organlari
faqat xavfsizlik nuqtai nazaridangina bunday tadbirlar o‘tkazilishini to‘xtatish
yoki taqiqlash huquqiga ega», - deb belgilangan.
Shu
m oddaning
m azm uniga
e’tibor
bersak,
birinchidan,
miting,
y ig ‘ilish, namoyish fuqarolarning ijtimoiy faolligini namoyon qilish usullari
hisoblanadi. Ikkinchidan, mitinglar, yig*ilishlar, nam oyishlar faqat qonunga
aso san o‘tkaziladi.
Miting, yig‘ilish, namoyishlar o‘tkazish natijasida boshqa kishilarning,
fuqarolarning manfaati, huquqi buzilmasligi kerak. Masalan, shunday tadbirlar
o‘tkazilishi natijasida transport harakati to‘xtab qolsa yoki fuqarolar o‘zlari uchun
zaru r m a sh g ‘ulotlar bilan shug‘ullanish imkoniyatidan m ahrum bo‘lsa, buni
boshqa fuqarolarning manfaatiga zarar keltiruvchi harakat deb qarash mumkin.
Miting, yig‘ilish, namoyishlar vaqtida qonun doirasidan chiqib ketish natijasida
turli-tuman zararli holatlar, ya’ni, fnol-mulklarning nobud bo‘lishi, fuqarolarga
jismoniy zarar yetkazish hollari uchrab turadi. Yoki ko‘pchilik to‘plangan vaqtda
ularni tartibli ushlab turish imkoniyati bo‘lmay qolishi natijasida chegaradan
chiqib ketish oqibatida xavfsizlikka ziyon yetkazilishi mumkin.
Bu holatni keyingi vaqtda arab mamlakatlarida bo‘layotgan voqealar ham
tasdiqlaydi.
Shuning uchun Konstitutsiyaning o‘zida hokimiyat organlari xavfsizlik
nuqtai nazaridangina miting, yig‘ilish, namoyishlar o‘tkazishni to‘xtatib qo‘yishi,
taqiqlashi mumkinligi belgilangan.
Miting, yig'ilish, namoyish o‘tkazish tashkilotchilari bu tadbirlar nima
uchun, qaerda, qachon o‘tkazilishi haqida hokimiyat organlariga xabar berishi
va tadbir o‘tkazishga ularning roziligini olishi qonun doirasida belgilangan.
0 ‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi 217-moddasida: «Yig‘ilishlar,
mitinglar, ko‘cha yurishlari yoki namoyishlar o‘tkazish tartibini buzish» uchun
jinoiy javobgarlik belgilangan.
M iting, y ig ‘ilish va n am o y ishlarn in g xavfsizlikka ham da fuqarolar
m anfaatiga zarar yetkazm asligi nuqtai nazaridan, ularni o‘tkazishga ru x sat
berish yoki to ‘xtatish, taqiqlash tartibi boshqa m a m lak a tla rn in g qonunlarida
ham uchraydi.
Dostları ilə paylaş: