O. T. Husanov konstitutsiyaviy


partiyalarda, jamoat birlashmalarida, ommaviy harakatlarda, shuningdek



Yüklə 10,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə92/268
tarix01.12.2023
ölçüsü10,6 Mb.
#170776
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   268
Konstutsiyaviy Huquq O.T.Husanov


partiyalarda, jamoat birlashmalarida, ommaviy harakatlarda, shuningdek 
hokimiyatning vakillik organlarida ozchilikni tashkil etuvchi muxolifatchi 
shaxslarning huquqlari, erkinliklari va qadr-qimmatini hech kim kamsitishi 
mumkin emas», degan qoida esa siyosiy huquqlarga barcha fuqarolar bir xilda 
egaligini bildiradi va huquqlar amalga oshishining kafolati bo‘lib xizmat qiladi.
5-§. Vakolatli organlarga murojaat etish huquqi
Fuqarolarning davlat va jamiyat ishlarida ishtirok etish shakllaridan biri 
davlat organlariga, muassasalariga, mansabdor shaxslarga, xalq vakillariga 
murojaat etish huquqidir.
Murojaat orqali fuqarolar davlat va jamiyat ishlarida bevosita ishtirok etadi.
Vakolatli davlat organlariga fuqarolarning murojaat etish huquqi 0 ‘zbekiston 
mustaqilligi natijasida Konstitutsiyaviy huquq maqomida mustahkamlandi. Sovet 
Ittifoqi davridagi konstitutsiyalarda bunday huquq ko‘zda tutilmagan edi. Hatto 
bu masala qonunlar asosida hal qilinmay, farmonlar bilan hal qilingan edi.
Fuqarolar murojaati orqali davlat va jamiyat hayotiga ta ’sir etishining 
muhimligi hisobga olinib, shu huquq konstitutsiyaviy darajada mustahkamlandi.
Konstitutsiyaning 35-moddasida: «Har bir shaxs bevosita o‘zi va boshqalar 
bilan birgalikda vakolatli davlat organlariga, muassasalariga yoki xalq vakillariga 
ariza, taklif va shikoyatlar bilan murojaat qilish huquqiga ega.
Arizalar, takliflar va shikoyatlar qonunda belgilangan tartibda va muddatlarda 
ko‘rib chiqilishi shart», - deb belgilangan.
Bularni kengroq yoritadigan bo‘lsak, fuqarolar yakka tartibda yoki boshqa 
fuqarolar bilan birgalikda vakolatli organlarga, muassasalarga, xalq vakillariga 
murojaat qilish huquqiga ega.
Murojaatlar turlicha bo‘lib (murojaat turlari), ular ariza, taklif yoki shikoyat 
ko‘rinishida bo‘lishi mumkin.
Arizalar orqali fuqarolar o‘zlarining turli huquqlarini ro‘yobga chiqarishni 
so‘raydi. Masalan: ishga kirish, ishdan bo‘shash, o‘qishga kirish, ta ’til olish, 
ta ’minot olish va hokazolar.
Takliflar orqali fuqarolar ko‘pincha ijtimoiy muammolarni hal qilish 
yo‘llari, ishlab chiqarishni takomillashtirish, o‘quv jarayonini takomillashtirish, 
boshqaruv tizimini takomillashtirish, qoidalarni takomillashtirish, atrof muhitni 
sog‘lomlashtirish, moddiy va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish bo‘yicha o‘z 
fikr-mulohazalarini bildiradi.
Shikoyatlar orqali buzilgan huquqlarini tiklash, aybdorlarga chora ko‘rish, 
zararni qoplash talab etiladi. Arizaning asosini iltimos tashkil etsa, shikoyatning
125


asosini talab tashkil etadi. Shikoyatlar orqali sodir etilgan yoki sodir etilayotgan, 
etilishi mum kin bo‘lgan qonunsiz harakatlar to‘g ‘risida xabarlar berilishi mumkin.
Fuqarolarning murojaatlari yozma yoki og‘zaki bo‘lishi, ular aloqa vositalari 
orqali, ommaviy axborot vositalari orqali taqdim qilinishi yoki shaxsan 
topshirilishi mum kin.
Konstitutsiyada murojaatlarni ko‘rish tartibi va muddati qonun asosida hal 
qilinishi belgilangan. 0 ‘zbekistonda fuqarolarning murojaatlarini ko‘rish tartibi 
va muddati, bu boradagi vakolatli organlar, mansabdor shaxslarning huquq- 
burchlari m axsus qonun bilan belgilangan1.
Fuqarolarning murojaat qilish huquqi amalga oshishida eng muhim masala -
murojaat qanday hal qilinishidan q at’iy nazar, vaqtida asosli, ishonchli javob 
olish hisoblanadi. Vaqtida va ishonchli javob olinmasa, takror murojaatlar, yuqori 
organlarga murojaatlar soni ortib boradi.
Fuqarolarning murojaatlarini ko‘rish tartibi sud organlarida o‘ziga xos 
jihatlarga ega 
bo‘lib, 
bu 
masala 0 ‘zbekiston Respublikasining «Sudlar 
to‘g ‘risida»gi Qonuni va Fuqarolik protsessual kodeksi asosida tartibga solinadi.
Fuqarolar murojaat qilish huquqidan boshqalarga tuhm at qilish, boshqaruv 
tartiblarini izdan chiqarishda foydalanmasligi, g ‘arazli niyatlarni amalga 
oshirishga urinmasligi kerak. Shunday hollar bo‘lsa, aybdor shaxslar jazolanadi.
Fuqarolarning murojaatlariga keyingi vaqtda e’tibor yanada kuchaytirildi. 
Bunga misol qilib, 0 ‘zbekiston Prezidentining 2016-yil 28-sentabrdagi «Jismoniy va 
yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirishga 
doir chora-tadbirlar to‘g ‘risida»gi Farmonini ko‘rsatish mumkin.
Murojaatlar bilan ishlash va ularning ahamiyatini «Xalq qabulxonalari» 
va «Prezidentning virtual qabulxonalari»ning tashkil qilinishi yanada yuqori 
pog‘onaga ko‘tardi.
Fuqarolarning murojaat qilish huquqi Konstitutsiyaning «Siyosiy huquqlar» 
bobida shu turdagi huquqlar tizimida berilgan.
Umumiy qoidalarga asosan siyosiy huquqlardan faqat fuqarolar foydalanishi 
kerak. Lekin bu yerda shu qoida istisno tariqasida amal qilmaydi. Sababi, 
murojaat qilish huquqi davlat ishida ishtirokni ta ’minlashdan ancha kengroq 
vazifalarni, ya’ni iqtisodiy turm ush, o‘zining qadr-qimmati, sha’nini himoya 
qilishni ham ko‘zlaydi.
Avvalgi boblarda 0 ‘zbekiston Respublikasining «Oliy Majlisning Inson 
huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman) to‘g ‘risida»gi Qonunida O mbudsman 
chet el fuqarolari hamda fuqaroligi bo‘lm agan shaxslarning murojaatlarini 
ko‘rishi mumkinligi belgilanganini ko‘rdik. Chet el fuqarolari faqat ariza va 
shikoyatlar bilan murojaat qilishi mumkin. Taklif bilan murojaat qila olmaydi. 
Taklif davlat hayotiga tegishli masalalar bo‘yicha beriladi.

Yüklə 10,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   268




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin