12 3
4 -§ . Jam oat birlashm alariga birlashish va ommaviy
harakatlarda ishtirok etish huquqi
Fuqarolar davlat va jamiyat ishlarida turli vositalar orqali ishtirok etadi.
Shulardan biri - fuqarolarning turli jamoat birlashmalari, harakatlarini tashkil
qilish, ularga a’zo bo‘lib kirish huquqlaridir.
Konstitutsiyaning
34-moddasi
birinchi
qismida
fuqarolar
kasaba
uyushm alariga, siyosiy partiyalarga va boshqa jamoat birlashmalariga uyushish,
ommaviy harakatlarda ishtirok etish huquqiga egaligi m ustahkam langan.
Tashkilot,
korxona,
muassasalarda
fuqarolar
o‘zlarining
iqtisodiy
manfaatlarini himoya qilish, mehnat sharoitlarini yaxshilashni yo‘lga qo‘yish
maqsadida kasaba uyushmalariga birlashadi.
Fuqarolar o‘z siyosiy qarashlari, manfaatlaridagi umumiylik asosida siyosiy
partiyalarga birlashadi va ularning faoliyati orqali mamlakat siyosiy hayotida
ishtirok etadi.
0 ‘zbekiston demokratik huquqiy davlat qurishni shunchaki vazifa qilib
qo‘ymasdan, demokratik davlatga xos barcha xususiyatlarning bo‘lishi choralarini
ko‘rdi. Jumladan, yakka partiya hukmronligiga barham berildi va ko‘p partiyali
tizim shakllantirildi.
Hozirgi kunda mamlakatimizda:
0 ‘zbekiston Xalq
demokratik partiyasi, «Adolat» sotsial-demokratik partiyasi, «Milliy tiklanish»
demokratik partiyasi, Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati - 0 ‘zbekiston
Liberal demokratik partiyasi hamda 0 ‘zbekiston
ekologik partiyasi faoliyat
ko‘rsatmoqda.
Ko‘ppartiyaviylik tizimi fuqarolarning siyosiy partiyalarga a’zo bo‘lish
huquqini ta ’minlabgina qolmasdan, har bir fuqaroga o‘z qarashlariga mos
ravishda siyosiy partiyaga a’zo bo‘lish imkoniyatini beradi. Bu fikrlar xilma-
xilligi, fikrlash erkinligi g ‘oyalarini amalda ta ’minlaydi.
Siyosiy partiyalarning prezidentlikka, vakillik organlariga nomzod ko‘rsatish
huquqiga egaligi, vakillik organlarida partiya fraksiyalarini tuzish mumkinligi
fuqarolarga siyosiy partiyalar orqali jamiyat va davlat ishlarida real ishtirok etish
imkoniyatini beradi. Bundan tashqari, fuqarolar jinslari, yoshlari, o‘zlarining
kasbi, qobiliyatiga qarab ham jamoat birlashmalariga uyushishi mumkin.
Bular: 0 ‘zbekiston yoshlar ittifoqi, «Yozuvchilar», «Bastakorlar», «Jurnalistlar»
uyushmalaridir. Jamoat birlashmalaridan tashqari, fuqarolar ma’lum maqsad va
vazifalarni amalga oshirish uchun ommaviy harakatlarda ishtirok etish huquqiga
ega.
Fuqarolik jamiyatining rivojlanib borishi, mamlakat oldida yangi vazifalarni
vujudga kelishi, demokratik institutlar tizimini kengayib borishini, yangi
ommaviy harakatlar va nodavlat-notijorat tashkilotlarni vujudga kelishini taqozo
etadi. 2017-yilda qabul qilingan Harakatlar strategiyasi mamlakat hayotidagi eng
muhim hujjatlardan biri bo‘lib, kelajagimiz undagi vazifalarni amalga oshirishga
bog‘liq. Shuning uchun unda qo‘yilgan vazifalarni samaradorligini ta ’minlash
124
maqsadida 2017-yii 14-fevralda yangi nodavlat-notijorat tashkilot - «Taraqqiyot
strategiyasi» m arkazi tashkil etildi. Vazirlar M a h k am a sin in g 2019-yil
13-fevraldagi qarori bilan «Yuksalish» umummilliy harakati tashkil etilib, unga
xorijdagi millatdoshlarimizni islohotlarga jalb etish vazifasi yuklatildi.
Konstitutsiyaning 34-moddasi ikkinchi qismida bayon qilingan: «Siyosiy
Dostları ilə paylaş: |