X bob. SIYOSIY HUQUQLAR
l-§ . «Siyosiy huquqlar» tushunchasi
Siyosiy huquqlar fuqarolik bilan bog‘liq bo‘lib, u tegishli davlatning
fuqarolariga davlat va jamiyat ishlarini boshqarish imkoniyatini beradi.
Siyosiy
huquqlarga faqat m am lakat fuqarosi ega bo‘lishi mumkin.
Siyosiy huquqlar orqali fuqarolar tegishli davlat organlarini tuzish, ularning
ishida ishtirok etish, davlat organlari va mansabdorlar faoliyatini nazorat qilish,
qonunlar yaratilishida
ishtirok etish, siyosat va davlat faoliyati haqida o‘z fikrlarini
bildirish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
A gar shaxsiy huquqlar insonning ajralmas huquqi bo‘lib, undan inson
fuqaroligidan q a t’iy nazar foydalansa va davlat har qanday hollarda ularni
ta ’minlashga majbur bo‘lsa, siyosiy huquqlar davlatning xarakteridan kelib chiqib,
o‘z fuqarolari uchungina o‘rnatiladi. Davlat qanchalik demokratik bo‘lsa,
siyosiy
huquqlar ko‘proq bo‘ladi va ulardan foydalanish kengroq bo‘ladi. Aksincha, davlat
nodemokratik bo‘lsa, siyosiy huquqlar doirasi tor bo‘ladi va mavjud huquqlarni
ham turli vositalar bilan cheklash hollari uchrab turadi.
Siyosiy huquqlar,
eng avvalo, davlatni boshqarishda ishtirok etish, davlat
faoliyatiga ta ’sir etish imkoniyatini yaratuvchi huquqlar boMgani uchun ularning
miqdori, amalga oshirish chora-tadbirlar doirasi qanday bo‘lishini davlat
belgilaydi.
Shaxsiy
huquqlardan farq qilib, siyosiy huquqlarga, asosan, m a’lum yoshga
yetgan fuqarolar ega bo‘ladi. Shuningdek, siyosiy huquqlardan foydalanishda
ayrim hollarda ch e g a ra la r o‘rnatilishi m um kin.
M asalan , saylash huquqi
18 yosh qilib belgilangan bo‘lsa, yana saylovlarda sud tomonidan muomalaga
layoqatsiz deb topilgan fuqarolar, shuningdek,
sud hukmi bilan ozodlikdan
m a h ru m etish joylarida saqlanayotgan shaxslar saylanishi mumkin emas va
saylovda qatnashmaydilar, degan qoida Konstitutsiyada (117-modda) ko‘rsatilgan.
Saylanish huquqidan foydalanish uchun ham m a’lum yoshga yetgan bo‘lish
kerak. Masalan, 0 ‘zbekiston Respublikasida fuqarolar Oliy Majlis deputatligiga
25 yoshdan, Prezidentlikka 35 yoshdan saylanish huquqiga ega. Bundan
tashqari, saylov qonunlarida
harbiy xizmatchilar, diniy arboblar uchun ham
qonun doirasida cheklashlar o‘rnatilgan.
Siyosiy huquqlarni amalga oshirishda o‘rnatiladigan ayrim cheklashlar
boshqa xorijiy mamlakatlar qonunchiligida ham mavjud.
Dostları ilə paylaş: