Inson erkin fikrlash va uni so‘z orqali erkin bayon
qilish uchun axborotga
ega bo‘lishi kerak. Shu sababli fuqarolarning o‘zi uchun zarur axborotlarni
izlash, olish va tarqatish huquqi kafolatlanadi.
Bu huquq yana Konstitutsiyaning 30-moddasi bilan ham kafolatlangan. Ya’ni
Konstitutsiyaning mazkur moddasi axborot olish imkoniyatini kengaytiradi. Unga
asosan: « 0 ‘zbekiston Respublikasining barcha organlari, jamoat birlashmalari va
mansabdor shaxslari fuqarolarga ularning huquq va manfaatlariga daxldor bo‘lgan
hujjatlar, qarorlar va boshqa materiallar bilan tanishib chiqish imkoniyatini yaratib
berishi lozim». Bu bilan Konstitutsiya barcha organ va mansabdor shaxslarga
fuqarolarning huquqlarini ro‘yobga chiqarish uchun aniq majburiyat yuklaydi.
Konstitutsiya normalarida nafaqat fikrlash, so‘z
erkinligi, shuningdek,
e’tiqod erkinligi ham belgilangan. Bu orqali fuqarolar o‘z dunyoqarashiga ega
bo‘ladi, bo‘layotgan voqealarga o‘z munosabatini bildiradi. E ’tiqod erkinligi
dinga, siyosatga munosabatda namoyon bo‘ladi.
Konstitutsiya normalari fuqarolarning fikrlash, so‘z, e’tiqod erkinligi hamda
axborot olish, izlash, tarqatish huquqini m ustahkam lar ekan,
bu erkinlik
aslo konstitutsiyaviy tuzum ga qarshi qaratilmasligi, uning buzilishiga olib
kelmasligini nazarda tutadi.
Chunki konstitutsiyaviy tuzum xalq manfaatiga mos keluvchi tartiblarning
Konstitutsiya bilan mustahkamlanishi natijasidir. Konstitutsiyaviy tuzum ning
buzilishi og‘ir oqibatlarga, qon to‘kilishlariga olib keladi. Shuning uchun ham
faqat
xalq manfaati, konstitutsiyaviy tuzum manfaati yo‘lida ba’zi cheklashlar,
man qilishlar o'rnatiladi.
Yana xavfsizlik nuqtai nazaridan kelib chiqib, erkin fikr yuritish va ifodalash
erkinligi davlat va boshqa sirlarga taalluqli bo‘lmasligi belgilangan.
Fikrlash, so‘z va e’tiqod erkinligidagi ba’zi cheklovlar davlatlar tajribasida
uchraydi. Chunki shunday bo‘lmasa, davlat kuchsizlanib qoladi, kuchsiz davlat
esa, fuqarolarning
huquq va erkinliklarini, manfaatini himoya qila olmaydi. Sirlari
oshkor bo‘lib, zaif bo‘lgan davlatlarga boshqa davlatlar, qo‘shni davlatlar har xil
tazyiqlar o‘tkazishga, o‘z shartlarini qo‘yishga harakat qiladilar. Shuning uchun
Konstitutsiyadagi erkinliklarni ayrim hollarda, qonun asosida cheklashlarni aslo
huquq va
erkinliklarni chegaralash emas, aksincha, huquq va erkinliklarni keng
amal qilishiga yaratilgan imkoniyat deb qarash kerak.
Fuqarolarning axborot sohasidagi huquq va erkinliklari demokratik jamiyat
a s o s l a r i d a n biri e k a n l ig i P r e z id e n t K o n s e p s iy a s id a alo h id a t a ’k id lan d i:
Dostları ilə paylaş: