3-§. M ehnat q ilish huquqi. Majburiy m ehnatning taqiqlanishi
M ehnat har qanday sharoitda ham daromad manbaidir.
Aksariyat kishilar
o‘z turm ushini m ehnat orqali vujudga keladigan daromadlar hisobiga quradi.
S hu n in g uchun mehnat qilishga bo‘lgan huquqning Konstitutsiyada belgilanishi
va boshqa qonunlar asosida uning ta ’minlanishi fuqarolar va jamiyat uchun
m uhim masaladir.
H ar bir m ehnatga Iayoqatli shaxsni shu huquq bilan ta ’minlash va ishsizlikdan
himoyalash davlatning asosiy vazifalaridan biridir.
0 ‘zbekiston Konstitutsiyasining 37-moddasi mehnat huquqi va u bilan
bo g ‘liq masalalarni m ustahkam lagan. Unga ko‘ra, «Har bir shaxs mehnat qilish,
erkin
kasb tanlash, adolatli mehnat sharoitlarida ishlash va qonunda ko‘rsatilgan
tartibda ishsizlikdan himoyalanish huquqiga ega.
Sud hukmi bilan tayinlangan jazoni o‘tash tartibidan yoki qonunda
ko‘rsatilgan boshqa hollardan tashqari majburiy mehnat taqiqlanadi».
Bu moddaning qoidalari kishilarga faqat mehnat qilish huquqini berib qolmay,
har bir kishiga o‘z imkoniyati, qobiliyati, bilimiga qarab
kasb tanlashda erkinlik
beradi, adolatli qulay sharoitlarda mehnat qilish imkoniyati bo‘lishini belgilaydi
va nihoyat kishilarni ishsizlikdan himoya qilishni nazarda tutadi. Yuqorida ham
aytib o*tilganidek, har bir kishini, albatta, mehnat qilishi shartligini belgilovchi
biror-bir qoida yoki ko‘rsatm a mazkur moddada yo‘q.
Qanday hollarda kishilarni majburiy mehnat qilishga
jalb etish ham aniq
ko‘rsatilgan. Bu - kishilarni faqat sud hukmiga ko‘ra majburiy mehnat qildirish
yoki qonunda belgilangan holdagina kishini o‘z ixtiyoridan tashqari mehnatga
majburiy jalb qilish mumkin, degan qoidada ko‘rinadi.
M ehnat qilish huquqi natijasida har bir shaxs mamlakat qonunlari bilan
taqiqlanmagan
har qanday ishni qilishi, o‘ziga m a’qul faoliyat bilan sh u g ‘ullanishi
mumkin. M ehnat qilish huquqining mavjudligi shunday imkoniyatni vujudga
keltiradi.
M ehnat qilish huquqi orqali shaxslar davlat organlari, tashkilot, korxona,
muassasalarida, jamoat birlashmalarida, nodavlat
notijorat tashkilotlarida, tijorat
tashkilotlarida, shaxsiy xo‘jaligida mehnat qilishi mumkin.
Bozor munosabatlariga xos xususiyatlardan biri ishsizlikdir. Biror-bir davlat
bu muammodan xoli emas, ishsizlik barcha davlatlarda uchraydi. Hech qanday
davlat aholining barchasini ish bilan ta ’minlay olmaydi.
Lekin ishsizlikdan himoya
qilish, ish bilan ta’minlash chora-tadbirlarini ko‘rish davlat vazifalaridan. M ehnat
qilaman deganlarni ish bilan ta ’minlash, buning uchun ish o‘rinlarini yaratish,
tadbirkorlik faoliyatiga yordam berish davlat zimmasida bo‘lib qolaveradi.
Erkin kasb tanlash huquqini amalga oshirish uchun ham davlat ko‘plab
ishlarni amalga oshiradi. O ‘zbekistonda kadrlar tayyorlash tizimida kasb-hunar
kolleji orqali mutaxassislar tayyorlash va har bir kollejda bir yo‘la bir necha
kasbga ega bo‘lish imkoniyatining mavjudligi Konstitutsiyada ko‘rsatilgan
1 3 0
erkin kasb tanlash huquqidan foydalanish imkoniyatini kengaytiradi. Oliy o‘quv
yurtlarida xalq xo‘jaligi, boshqaruv uchun yetarli kadrlar tayyorlanishi yo‘lga
qo‘yilgan.
M ehnat huquqining amal qilishi natijasida ko‘plab
mehnat munosabatlari
vujudga keladi, ya’ni ishga kirish, normal sharoitlarda ishlash, mehnatni muhofaza
qilish; ishdan bo‘shash yoki bo‘shatish va boshqalar. Mehnat qilish huquqining
amalga oshishi doirasidagi shunday munosabatlar mehnat qonunchiligi, ya’ni
0 ‘zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksi bilan tartibga solinadi.
0 ‘zbekistonda voyaga yetmaganlarni majburiy mehnatga jalb qilish hollariga
chek qo‘yish maqsadida ko‘pgina tadbirlar o‘tkazildi.
Dostları ilə paylaş: