20
Urganch shahri barpo qilindi. Shu vaqtdan boshlab yangi shahar Yangi Urganch
deb, eski Urganch esa Qo’hna Urganch deb atala boshladi. Suv tanqisligidan
azob chekkan Ko’hna Urganch aholisi Yangi Urganchga ko’chirildi. O’sha
vaqtda Abulg’oziyning topshirig’i bilan Gurlan qal’asidan 12 km shimoliy
g’arbda Kichik Vazir qal’asi bunyod etilib. Katta Vazir shahri aholisi shu joyga
ko’chirildi. Undan tashqari Abulg’oziyxon davrida Madr kanali qaytadan
qazilib, G’oziobod-Arna deb ataldi. Bu kanal oyog’ida G’oziobod qal’asi ham
qad ko’tardi. Abulg’oziyxon davrida amalga oshirilgan islohotlar, ulkan
qurilishlar, suv inshootlari xonlikda ekin maydonlarini kengaytirish, sug’orish
ishlarini yaxshilash, aholi faravonligini oshirishga imkon tug’dirdi.
Abulg’oziyxon markaziy hokimyatni birmuncha mustahkamlab, asosiy
e’tiborni davlat chegaralarini kengaytirish va mustahkamlashga qaratdi. Shu
maqsadda
Abul-g’oziyxon
1645-1650-yillarda
Xuroson,
Janubiy
Turkmanistonga, Tajan, Murg’ob, Artek daryolari havzasidagi hamda Gurgan,
Abulxon va Mang’ishloq atroflaridagi turkmanlar ustiga yurishlar qilib, ularni
o’ziga bo’ysundirdi.
Buxoro xonligiga munosabat masalasi ham uning diqqat markazida edi.
Buxoro va Xiva xonliklari o’rtasidagi kelishmovchilik, asosan, O’rta Osiyoda,
Janubiy Turkmaniston va Xurosonda o’z ta’sir doirasini kuchaytirish masalasida
yuzaga kelgan edi. Abulg’oziy Bahodirxon Buxoroga 7 marotaba yurish
uyushtirdi. Buxoroning ko’p shahar va qishloqlarini talab, katta o’lja va asirlar
bilan Xivaga qaytib keldi.
Abulg’oziyxon o’sha davrda shimoldan bo’layotgan qolmiqlarning
tajovuzlariga ham qaqshatqich zarba bergan va xonlikning shimoliy g’arbiy
chegaralarini mustahkamlagan26.
Abulg’oziyxonning xayrli ishlarini uning o’g’li Anushaxon (1664-1687)
davom ettirdi. Abulg’oziyxon xali hayotligida xonlikni o’g’li Anushaxonga
meros qoldirdi. Anushaxon podsholik qilgan yillarda Xorazmning eng yirik
kanallaridan bo’lmish Shohobod (Shovot -1681) va Yormish kanallari qurilib
Dostları ilə paylaş: