27
boshchiligida ikkinchi harbiy ekespeditsiya yuborildi. Bu yurish ham natijasiz
tugadi31.
Bunday muvaffaqiyatsizliklardan so’ng, Rossiya hukumati o’zining
Qozog’iston bilan chegaradosh Janubiy hududlarida, kelgusida O’rta Osiyoga
hujumida tayanch bazasi vazifasini o’taydigan harbiy istehkomlar qurishga
kirishdi. XVIII asrning 30-40-yillarida qad ko’targan Orenburg, Semipalatinsk,
Orsk qal’alari shular jumlasidan edi.
Shu bilan birga, ushbu qal’alar
har ikkala tomonning
karvonlari
havfsizligini ta’minlashda ham muhim ro’l o’ynagan. Orenburg shahri Buxoro
va Xiva savdogar va tadbirkorlarining gavjum joyi bo’lib qoldi. Bu shaharda
ularning alohida mahallalari savdo do’konlari va omborlari bo’lgan. Orenburgda
hatto Xiva va Buxoro xonlarining maxsus vakolatxonalari ham bor edi.
Rossiyadan O’rta Osiyo xonliklariga, Xivaga keltirilayotgan mahsulotlar
orasida mis, temir, po’lat, aluminiy va boshqa turli metallar, metaldan yasalgan
turli uskunalar asosiy o’rin egallagan. Urta Osiyodan paxta, jun, quritilgan
meva, gilam va boshqa mahsulotlar Rossiyaga jo ’natilgan.
XIX asr o’rtalarida O’rta Osiyodan Rossiya bozorlariga har yili 4 mln.
so’mlik mahsulotlar chiqarilgan. Rossiyadan esa 3 mln. so’mlik mahsulotlar
keltirilgan.
Nijniy Novgorod, Qozon, Astraxan va Orenburg sharharlari Xiva va O’rta
Osiyo savdogarlarining juda serqatnov shaharlari bo’lib qoldi.
XVIII
asr o’rtalarida va XIX asr boshlariga kelib, O’rta Osiyo atrofida
Rossiya va Angliya munosabatlari ancha keskinlashib qoldi. Angliya hukumati
o’zining Hindiston-dagi hukmronligini must.ahka.mlab olgach,O’rta Osiyo
xonliklarini ham o’z ta’sir doirasiga olish niyatida edi. Rossiya ham huddi
shunday niyatni ko’zlayotgan edi. Natijada O’rta Osiyo masalasida Angliya
bilan Rossiya manfaatlari to’qnashib qoldi. O’rta Osiyo Rossiyaga xom ashyo
manbai sifatida judayam zarur edi. Ammo uni qurol kuchi ishlatib darhol bosib
olish uchun hali Rossiya tayyor emas edi. Shuning uchun Rossiya O’rta Osiyo
Dostları ilə paylaş: