24
Ining 1717-yilda Aleksandr Bekovich Cherkaskiy boshchiligida Xiva xonligiga
uyushtirilgan harbiy ekspeditsiyasi aynan shu maqsadda tashkil qilingan edi.
Xiva xonligini o’ziga qaratib, Amudaryo orqali Hindiston va boshqa sharq
davlatlariga yo’l ochishni ham Pyotr I rejalashtirgan. Ammo rus imperatori
Pyotr Ining bu rejalari amalga oshmadi. U yuborgan 6 ming kishilik ekspeditsiya
Sherg’oziyxon ishlatgan hiyla natijasida bir kechaning ichida qirg’in barot
qilindi.
Sherg’oziyxonning o’zi ham qo’shni davlatlarga harbiy yurishlar uyushtirib
turgan. U Mashhad shahrini qo’lga kiritib, u yerda ko’p o’lja va 5000 asir olib
kelgan. Mana shu asirlar kuchi bilan Pahlavon Mahmud maqbarasi oldida
Sherg’oziyxon madrasasini qurdirgan. O’sha qullar uni tosh bo’ron qilib
30
o’ldirganligi haqida ma’lumotlar bor .
Xiva xonligida kuchayib borayotgan o’zaro feodal kurashlar va ular
natijasida ro’y bergan siyosiy beqarorlikdan foydalangan Eron shohi Nodirshoh
1740 yilda katta qo’shin bilan O’rta Osiyo hududlarini istilo qila boshladi.
Buxoro va Xiva xonlarining Xurosonga qilgan talonchilik yurishlarini
bahona qilib, 1740-yilda Nodirshoh Buxoroga qarshi yurish boshladi va uni
bosib oldi. Xuddi shu yili Nodirshoh Xiva xonligiga qarshi hujum boshlab,
Hazorasp, Honqa ostonalarida ro’y bergan keskin janglar natijasida Xiva
qo’shinlarini tor-mor
keltiradi. Asirga
olingan Xiva xoni Elbarsxon qatl
qidindi. Elbarsxon mag’lubiyatini eshitgach, xivaliklar darhol qozoq Kichik Juz
xoni Abulxayrxonni Xiva taxtiga taklif qildilar. U Xiva taxtiga o’tirgach,
Nodirshohga maktub yuborib, sulh tuzishni taklif qiladi. Ammo Nodirshoh
bunga ko’nmadi va Xivaga qarab yurishni davom ettirdi. Bundan cho’chigan
Abulxayrxon Xiva taxtida 6 kun o’tirgach, o’z yurtiga qochib ketdi.
Nodirshoh Xivani istilo qilib, mang’it beklaridan Ortiqbek va Xo’rozbek
inoqlarni Xivaga noib qilib, o’zi esa xalqni talab, katta o’lja va asirlar bilan
Eronga qaytib ketadi.
Dostları ilə paylaş: