28
xonliklari bilan savdo-sotiqni
yanada kengaytirish, o’zaro munosabatlarni
yaxshilash, Xiva va Buxoro xonliklari haqida yanada ko’proq ma’lumotlar
to’plash yo’lini tutdi.
Shu maqsadda Xivaga 1740 -1741-yillarda Dimitriy Gladishev va Ivan
Muravin boshchiligida ekspeditsiyalar uyushtirildi. Ular Orol dengizining chap
tomonida geografik va harbiy topografik tekshirish ishlari olib bordilar.
D.Gladishev va M.Muravin ekspeditsiyasi Sirdaryo havzasida ham tekshirishlar
o’tkazib, bu yerda harbiy iste’hkom qurish joyini aniqladi. Xuddi o’sha vaqtda,
tijorat bahonasi bilan, Xivada sayohat qilgan Gokk va Tomson boshchiligidagi
ingliz razvetkasi ham Orolning G’arbiy tomonida
qidiruv ishlari bilan
shug’ullanar edi.
O’rta Osiyo uchun Angliya va Rossiya o’rtasidagi raqobat to XIX asrning
70-yillarigacha davom etdi.
1819-yilda Xivaga elchi sifitida N.Muravyov keldi. U Xiva xoni bilan
muzokoralar olib bordi. Bu muzokaralar, asosan, ikkala mamlakat o’rtasidagi
savdo karvonlari xavfsizligini ta’minlash, bir-birlarining chegaralariga xavf
tug’dirmaslik haqida kelishib olishga bag’ishlangan edi. N.Muravyov o’zining
Xiva safari haqida hisobot yozib qoldirgan.
Xiva Rossiya munosabatlari hamisha ham bir tekis bo’lmagan. Ular
o’rtasida kelishmovchiliklar, xatto to’qnashuvlar ham bo’lib turgan. M a’lumki,
Rossiya XIX asrning 30-yillariga kelib, qozoq dashtlarini shimoliy qismini o’z
tasarrufiga
o’tkazishni nihoyasiga yetkazgan edi.
Biroq Sirdaryoning quyi
oqimi bilan Orenburgning shimoliy qismidagi maydonlar hamda Urol daryosi
bilan Kaspiyning shimoliy-sharqiy sohillari oralig’idagi keng hududlar hali na
Xiva xonligi, na Rossiyaga qarashli edi. Ana shu maydonlarda Rossiya va Xiva
tasiridagi qozoqlar ko’chib yurar va charvosini boqardi. Ikkala tomon ham ana
shu hududlarni o’z tasarrufiga olish niyatida edi. 1834-yilda Rossiya hukumati
topshirig’i bilan Mang’ishloqda Novoaleksandrovsk harbiy istehko’mi qurildi.
Bu qo’rg’on rus qo’shinlarining O’rta Osiyoga keyingi yurishlarida tayanch
vazifasini bajaradi. Novoaleksandrovsk qal’asining
qurilishi Xiva xonligining
29
keskin noroziliga sabab bo’ldi. Shundan keyin Xiva-Rossiya munosabatlari
keskin tus oldi. Rossiya hukumati Xiva xonligini qurol kuchi bilan o’z
talablariga bo’ysundirish maqsadida, 1739-1740- yillar oralig’ida Orenburg
gubernatori general V.A.Perovskiy boshchiligida Xivaga yurish boshladi. Bu
yurish ham tabiiy ofatlarga duch kelib, muvaffaqiyatsiz tugadi.
Xiva xoni Olloqulixon Rossiya bilan munosabatlarini yumshatmasa, ahvol
urushga olib kelishini payqab, 1840-yilda Peterburgga maxsus elchilar yubordi.
1741- yilda esa Rossiya hukumati tinchlik muzokoralarini
davom qildirish
uchun Xivaga kapitan G.I.Danilevskiy boshchiligida o’z vakillarini jo ’natdi.
Rossiya bilan Xiva xonligi o’rtasidagi avvalgi savdo sotiq, diplomatik
munosabatlar yanada tiklandi va tinchlik barqaror topdi. Lekin Rossiya
hukumati o’zining qora niyatlaridan qaytmadi. U Xiva xonligining ichki
ishlariga aralashish, xonlik haqida harbiy strategik ahamiyatga ega bo’lgan
ma’lumotlar to’plash ishini to’xtatmadi. 1846-
yilda Xiva xonligi hududida,
Mang’ishloqda Orol dengizi va Sirdaryo atroflarida M.Ivanin boshchiligida bir
guruh harbiy mutaxassislar ish olib bordi. Ular Xorazm vohasi va Orolbo’yining
harbiy topografik xaritasini tayyorladilar. Bu ishni 1848- yilda kelgan kapitan
A.Butakov davom ettirib, u ham Xorazm vohasining ancha mukammal harbiy
topografik xaritasini yaratdi.
A.Butakov ekspeditsiyasi 1853-yilda ham Xorazm vohasida ish olib bordi.
Uning ekspeditsiyasi Amu va Sirdaryoda rus paroxodchiligining yo’lga qo’yish
imkoniyatlarini har taraflama asoslab berdi. 1858-yilda Xivaga yuborilgan
polkovnik Ignatev boshchiligidagi maxsus komissiya
Xiva va Buxora xonlarini
Amudaryoda rus paroxodlarining erkin suzishiga ko’ndirdi.
Shunday qilib, Rossiya hukumati XVIII asr va XIX asrning birinchi yarmi
davomida O’rta Osiyo, jumladan, Xiva xonliklari bilan savdo-sotiq, diplomatik
aloqalarni rivojlantirib, elchilar hamda turli ekspeditsiyalar yordamida bu
xonliklarni kelgusida bosib olish uchun barcha zarur ma’lumotlarni to’plab
olishga muvaffaq bo’ldi.
30
I. 2. Xiva-Rossiya aloqalarining manbashunosligi va tarixshunosligi.
XVI-XIX asrlar Xiva xonligi siyosiy tarixi va savdo aloqalarining yozma
manbalarda aks etishi va o’rganilishi tarixi eng
avvalo chet el manbalaridan
boshlanishini ta’kidlashimiz lozim. Jumladan, Xiva xonligida 1558-1559-
yillarda bo’lgan Angliyaning “Moskva” savdo kompaniyasi vakili Antoniy
Jenkinsonning ma’lumotlari Xiva xonligining shu davrlardagi iqtisodiy
aloqalarini aks ettirsa, ikkinchi tarafdan xonlikning tashqi savdo aloqalarining
ko’lamini aks ettiradi.
Tadqiqotning keyingi manbalaridan Abulg’oziy Bahodirxonning
“SHajarayi tarokima” va “SHajarayi turk”idir. “SHajarayi tarokima”
asarning
tanqidiy matni, ruscha tarjimasi, katta ilmiy tadqiqot bilan birga, 1958-yili
Dostları ilə paylaş: