O ’z b e k I s t o n r e s p u b L i k a s I o LI y va o ’rta maxs us t a ’lim


Садиков А.С. Россия и Хива в конце ХГХ начале Х Х века. - Тошкент.: Фан, 1972; Садиков А.С



Yüklə 1,03 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/47
tarix02.05.2023
ölçüsü1,03 Mb.
#105996
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   47
V a z I r L i g I

16 Садиков А.С. Россия и Хива в конце ХГХ начале Х Х века. - Тошкент.: Фан, 1972; Садиков А.С. 
экономические связи Хиви с Россией и Хива в конце ХГХ - начале ХХ века. - Москва:Наука, 1969.
17 Тухтаметов Т.Г. Россия и Хива в конце ХГХ и в начале ХХ вв. - Тошкент.: Фан, 1970. - С. 4.
18 Mustabid tuzumning O ’zbekiston milliy boyliklarini talash siyosati: tarix shohidligi va saboqlari (1865-1990 
yillar). - Toshkent.: SHarq, 2000.


11
to’plagan bilimlari va hayotiy falsafasi bilan uni boyitib, o’rganilayotgan 
muammoning barcha qirralarini yangicha baholash mezoni xulosalar 
chiqarishga imkon beradi.
Tadqiqotda o’rganilayotgan muammoni to’g’ri hal etishda ilmiylik, 
bilishning xolis, tarixiy, qiyosiy va tanqidiy o’rganish, tizimlilik tamoyillari, 
kulturogenez printsiplariga amal qilindi. Jahon ijtimoiy-gumanitar fanlarida 
ishlab chiqarilgan va tan olingan
Tadqiqotning 
metodologik 
asosini 
ishlab 
chiqishda 
O’zbekiston 
Respublikasi Prezidenti I.A.Karimovning asarlari (ayniqsa, uning “Tarixiy 
xotirasiz - kelajak yo’q” asarida ilgari surgan g’oyalar), ma’ruza va nutqlarida 
bayon etilgan uslubiy, ilmiy-nazariy ko’rsatmalari muhim rol o’ynadi.
Tadqiqot natijalarining nazariy va amaliy ahamiyati. O’zbek 
xonliklari tashqi aloqalari tarixi O’zbekiston tarixi fanining muhim va o’ta 
dolzarb ilmiy yo’nalishlar doirasiga kiradi. Mazkur ishda Xorazm va umuman 
O’rta Osiyo va xorij yozma merosida XVI - XX asrlar Xiva xonligi tashqi 
aloqalari tarixi, uning turli jihatlari 
har tamonlama o’rganildi va nazariy 
xulosalar, ilmiy natijalar olindi.
Tadqiqotda keltirilgan faktlar, ilmiy umumlashma va xulosalardan 
Respublika oliy o’quv yurtlarining tarix mutaxassislarini tayyorlash uchun 
O’zbekiston tarixining so’nggi o’rta asrlar davri tarixi, manbashunoslik, 
tarixshunoslik fanlarini o’qitish jarayonida, amaliy mashg’ulotlarda, Xiva 
xonligi tarixiga oid qo’llanmalar, darsliklar yozishda hamda o’lkashunoslik 
to’garaklarida maxsus kurslar olib borishda foydalanish mumkin.
Tadqiqotning tuzilishi va hajmi. Tadqiqot kirish, uchta bob, xulosa, 
foydalanilgan adabiyotlar ro’yxatidan iborat.


12
I BOB. XVI - XX asrlarda Xiva xonligining siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy 
ahvoli
I. 1. XVI - XX asrlarda Xiva xonligining siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy
ahvoli.
Amir Temur vafotidan so’ng, u tashkil qilgan buyuk saltanat inqirozga yuz 
tutdi. Mamlakatda boshboshdoqchilik, sultonlar o’rtasida taxt uchun o’zaro 
kurash avj olib, rasmiy sultonni tan olmay qo’ydilar. Ana shunday vaziyatdan 
foydalangan Dashti Qipchoq sultoni Muhammad Shayboniyxon 1500 yilda 
Buxoroni 1501 yilda Samarqandni zabt etib, Bobur Mirzoni avval, Qobulga, 
so’ngra Shimoliy Hindistonga chekinishga majbur qildi. Shunday qilib Turon 
mintaqasida 135 yil davron surgan temuriylar sulolasi faoliyatiga chek qo’yildi.
Temuriylar hukmronligining inqirozidan so’ng, undan ajralib chiqqan 
Xorazm o’z mustaqilligini uzoq saqlab qololmadi. 1505 yilda u Dashti 
Qipchoqdan kelgan qabilalar tomonidan zabt etildi. Bu qabilalar boshlig’i 
Shayboniyxon uzoq davom etgan qamaldan so’ng Xorazm poytaxti Urganchni 
va so’ngra boshqa shaharlarni ham bosib oldi. U Xorazm orqali Astrobodga va 
Xurosonning boshqa viloyatlariga hujum qilib, ularni qo’lga kiritdi. 1510 yilda 
Marv ostonasida Eron shohi Ismoil I bilan bo’lgan jangda Shayboniyxon 
lashkarlari mag’lubiyatga uchraydi va Shayboniyxonni o’zi ham o’sha jangda 
halok bo’ladi. Ana shu mag’lubiyatdan so’ng ko’pgina Shayboniy sultonlari 
Mavarounnahr va Xorazmni vaqtincha tashlab ketishga majbur bo’ldilar. Bu 
vaziyatdan foydalangan Shoh Ismoil Xorazmga o’z ta’sirini o’tkazish niyatida 
lashkar va noiblarini yubordi. Xorazm janubiy Turkmaniston hududlari, 
Xuroson va Eroninng sharqiy viloyatlari Eron shohi tasarrufiga o’tdi.
Eron shohi Xorazmni o’z noibi orqali idora qila boshladi. Urganch, Vazir, 
Xiva, Xazarasp shaharlarida Eron shohi tomonidan tayinlangan noiblar va 
qo’shinlar 
qo’yildi. Ammo Sharif So’fiy va Mirzo Hizr kabi mahalliy 
amaldorlar ularga bo’ysunishdan bosh tortadilar. Istilochilar zulmiga qarshi halq 
noroziligi ham kuchaya bordi. Eroniylar azob-uqubatiga chiday olmagan xalq


13
deyarli barcha shahar va qishloqlarda g’alayon boshlab yubordi. Ayniqsa, Vazir 
shahri aholisi Eron bosqinchilariga qarshi katta qo’zg’olon ko’tardi. Bu 
qo’zg’olonga Vazir qal’asi qozisi Umar hamda Boqirg’on qishlog’idan Mulla 
Sayid Hisammuddinlar boshchilik qildi. Vazir oqsoqollari maslahatlashib, 
Dashti Qipchokdan Shayboniyxonlar urug’iga mansub Berka (Burka) sulton 
o’g’illari Elbars va Bilbars sultonlarini yordamga taklif etishdi. Ular o’z 
lashkarlari bilan kelib, qo’zg’olanchilar bilan birgalikda Eron noiblari va 
lashkarlarini uloqtirib tashladilar. 1511 -yil Elbars Sulton Vazir qal’asida 
Xorazm xoni deb e’lon qilindi. Uning inisi Bilbars esa yangi shahar qal’asiga 
hokim etib tayinlandi. Shu yerda qonuniy bir savol tug’iladi: Elbarsxon 
Shayboniyxonlar sulolasidan ekan, nima uchun Muhammad Shayboniy va uning 
urug’doshlari bilan birlashib, O’rta Osiyoda yagona bir 
davlat 
tashkil 
qilmasdan 
ular ayrim-ayrim xonliklar tuzishga intildilar? Buning asosiy 
sabablaridan biri shundaki, ular o’rtasida oilaviy kelishmovchiliklar bor edi. 
Ular bir suloladan bo’lishiga qaramay, Muhammad Shayboniyxon hali Dashti 
Qipchokdaligida Elbarsning otasi Berka sultonni o’ldirgan edi.
Shayboniy sultonlar orasidagi kelishmovchiliklar, o’zaro taxt 
uchun 
talashuvlar O’rta Osiyoda bir-biriga qarama-qarshi turgan bir qancha 
xonliklarning vujudga kelishiga 
sabab bo’ldi. Shunday qilib, 1511- yilda 
Shayboniyxondan ajralib chiqqan Dashti Qipchoq ko’chmanchilarining bir 
guruhi Elbarsxon boshchiligida Xorazmning Vazir shahrida mustaqil xonlik 
tashkil qildilar. Keyinchalik, bu xonlik Xiva xonligi nomini oldi. O’sha vaqtdan 
boshlab Xiva shayboniylari sulolasi hukmronligi boshlandi. 1511-yildan to 
1770-yilgacha Xiva xonligida Shayboniylar 
sulolasidan 40 ga yaqin xon 
hukmronlik qilgan. Bu suloladan birinchi xon Elbarsxon (1511-1516) edi. 
Elbarsxon xonlik taxtiga o’tirgach, Xorazmni batamom eroniylar ta’siridan 
holos qilish ishiga kirishdi. Xorazmning shahar va qishloqlarida joylashib olgan 
Eron qizil-boshlari (safaviylar) yurtdan haydab yuborildi. Shu bilan bir qatorda, 
Elbarsxon va uning vorislari katta qo’shin to’plab, xonlik chegaralarini 
kengaytirish maqsadida, Xuroson va Astrobodga bir qancha istilochilik


14
yurishlrari uyushtirilib, u yerdan Eroniylarni uloqtirib tashladilar va Xorazmga 
bo’ysundirdilar. Undan so’ng Mang’ishloq Abulhon, Durun va boshqa 
viloyatlarga yurish qilib, u yerdagi ko’p sonli turkman qabilalarini ham 
Xorazmga tobe qildilar. Biroq Shayboniy hukmdorlari va sultonlari orasida 
hamjihatlik bo’lmadi, ular o’rtasida hokimyat uchun kurash avj olib ketdi19.
Ayrim shahzodalar bu kurashda Buxorodagi o’z urug’dosh qavmlariga 
yordam so’rab murojaat qildilar. Bu esa Shayboniylardan Buxoro xoni 
Ubaydullaxonni (1533-1539) Xorazmning ichki ishlariga aralashish uchun 
bahona bo’ldi. Ubaydullaxon 1537-yili Xorazmga qarshi harbiy yurish boshlab, 
Urganch shahrini istilo qildi. Mag’lubiyatga uchragan Avaneshxon oilasi va 
qarindosh urug’lari bilan asir olinib, Ubaydullaxon buyrug’iga binoan qatl 
qilinadi. O ’z 
o’g’li Abduazizni Urganchga hokim qilib, katta o’lja bilan 
Buxoroga qaytadi. Buxoro amaldorlari va qo’shinlari Xorazm xalqini taladilar 
va ularga og’ir soliqlar yukladilar.
Ubaydullaxon zulmidan azoblangan halq uning hukmronligiga qarshi 
qo’zg’olonga ko’tarildi. Buxoro xoni Xorazmga qarshi 2-bor qo’shin bilan 
keldi. Kandaranxos degan joyda Buxoro qo’shinlari bilan Xorazmliklar o’rtasida 
qattiq jang bo’lib, Buxoroliklar chekinishga majbur bo’ldi. Shundan so’ng ular 
Xorazmni tashlab keta boshladilar. Xorazm mustaqillikka erishdi. Biroq o’lkada
osoyishtalik bo’lmadi. Feodal tarqokligi avj olib, har bir shahar va har bir
20
viloyat xon hukmronligiga bo’ysunmadi, mustaqil bo’lish uchun harakat qildi .
Xonlar, shahzodalar va sultonlar o’rtasida hokimyat va boylik uchun o’zaro 
kurash keskinlashib ketdi. Bu kurashlar natijasida shahar va qishloqlar vayron 
qilindi, savdo, tijorat ishlariga, hunarmandchilikga katta putur yetkazildi. 
Halqdan olinadigan soliqlar yanada oshirildi. Bu kamlik qilganidek shayboniy 
sultonlar va xonzodalar yanada ko’proq boylik va mulk to’plash maqsadida, 
Janubiy Turkmanistonga, Eronning shimoliy viloyatlariga uzluksiz bosqinchilik 
yurishlarini davom ettirdilar.

Yüklə 1,03 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   47




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin