O zbek isto n yoshlar ittifoqi markaziy kengashining


-bob. Boshlang‘ich tashkilotning huquq va majburiyatlari



Yüklə 428,92 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/12
tarix01.06.2023
ölçüsü428,92 Kb.
#121765
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
22db10fc6cac94314395f80f1e1c48c8

3-bob. Boshlang‘ich tashkilotning huquq va majburiyatlari
8. Boshlang'ich tashkilotning huquqlari quyidagilardan iborat:
talaba-yoshlaming huquq va manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan o'quv, tarbiya va 
boshqa jarayonlarda ishtirok etish, m as'ul xodimlar va o'qituvchilardan zarur m a'lum otlam i olish 
hamda nazorat qilish;
oliy ta ’lim muassasasidagi darslar sifati, professor-o‘qituvchilaming talabalar bilan 
munosabati, shuningdek, kutubxona, sport obyektlari faoliyatini o'rganish, ijtimoiy so‘rovlar 
o ’tkazish;
talaba-yoshlaming muammolari, taklif-tashabbuslari yuzasidan oliy ta ’lim muassasasi 
rektori va yuqori tashkilotlarga takliflar kiritish;
oliy ta ’lim muassasasidagi sharoitlardan to ‘la foydalanish, yoshlar ishtirokida to ‘garaklar, 
klublar tashkil etish, ish rejadagi chora-tadbirlaming oliy ta'lim muassasasi tomonidan 
moliyalashtirilishini tashkil etish;
nizomda belgilangan tartibda oliy ta’lim muassasasida qo‘shimcha tuzilmalami tashkil etish; 
faoliyatiga doir ma'lum otlam i tarqatish va targ'ib etish;
boshlang'ich tashkilot tegishli normativ-huquqiy hujjatlarda nazarda tutilgan boshqa 
huquqlardan ham foydalanishi mumkin.
9. Boshlang’ich tashkilotning majburiyatlari quyidagilardan iborat:
O'zbekiston Respublikasining amaldagi normativ-huquqiy hujjatlari, 0 ‘zbekiston yoshlar 
ittifoqi hamda oliy ta ’lim muassasasi tomonidan qabul qilingan lokal hujjatlar doirasida faoliyat 
yuritish, ularda belgilangan tartib-qoidalarga rioya qilish;
Oliy ta'lim , fan va innovatsiyalar vazirligi, O'zbekiston yoshlar ittifoqining yuqori turuvchi 
Kengashlari, oliy ta'lim muassasasi rahbariyatining boshlang‘ich tashkilot vazifa va faoliyat 
yo^nalishlari bilan bog'liq bo'lgan tegishli topshiriqlari va ko‘rsatmalarini bajarish;
O'zbekiston yoshlar ittifoqining tegishli hududiy Kengashiga hamda oliy ta'lim muassasasi 
rahbariyatiga o ‘z faoliyati to'g'risida hisobotlami har chorakda taqdim etib borish;
boshlang‘ich tashkilot uchun ajratilgan xonalar, moddiy-texnik vositalar va m ablagiardan 
to 'g 'ri foydalanish;
oliy ta'lim muassasasining o'quv, tarbiya va boshqa ishlariga ko'maklashish.


10. Boshlang'ich tashkilot tashkiliy tuzilmasiga quyidagilar kiradi: 
boshlang‘ich tashkilotning umumiy yig‘ilishi;
boshlang'ich tashkilot Yoshlar Kengashi (Boshlang'ich tashkilot yoshlar yetakchisi, 
yo‘nalish koordinatorlaridan iborat);
boshlang'ich tashkilotning fakultetdagi koordinatorlari; 
boshlang‘ich tashkilotning akademik guruhdagi koordinatorlari;
boshlang‘ich tashkilot qoshidagi tuzilmalar (to'garaklar, klublar, uyushmalar, harakatlar va 
boshqalar)
11. Boshlang‘ich tashkilotning umumiy yig'ilishi:
Boshlang‘ich tashkilotning umumiy yig'ilishi boshlang‘ich tashkilotning rahbar organi 
hisoblanadi. Boshlang'ich tashkilot Yoshlar yetakchisi, Yoshlar Kengashi a ’zolari 
va fakultet 
koordinatorlari hisobotlarini tinglash, ular bo‘yicha qarorlar qabul qilish maqsadida hisobot 
yig'ilishi bir yilda kamida bir marta, mazkur Nizomda belgilangan boshqa vakolatlari yuzasidan 
vakolatli umumiy yig'ilish ikki yilda kamida bir marta chaqiriladi. Umumiy yig'ilishni chaqirish 
to'g'risidagi qaror Yoshlar Kengashi yig'ilishi tomonidan qabul qilinadi. Umumiy yig'ilishni 
chaqirish to'g'risidagi qaror Yoshlar Kengashi a'zolari (koordinatorlari)nmg kamida uchdan ikki 
qismi uni yoqlab ovoz bergan taqdirda qabul qilingan deb hisoblanadi. Uni chaqirish to'g'risidagi 
qaror va kun tartibi umumiy yig'ilishdan kamida ikki hafta oldin e ’lon qilinadi.
12. Umumiy yig'ilish boshlang'ich tashkilot faoliyatiga daxldor bo'lgan barcha masalalami 
ko'rib chiqish va ular bo'yicha tegishli qarorlami qabul qilish huquqiga ega.
Umumiy yig'ilish vakolatiga quyidagilar kiradi:
boshlang'ich tashkilotni qayta tashkil etish va faoliyatini tugatish to 'g 'risid a qaror qabul
qilish;
boshlang'ich tashkilot Yoshlar yetakchisi, Yoshlar Kengashi a ’zolari va fakultet 
koordinatori hisobotlarini tinglash, ular bo'yicha qarorlar qabul qilish; 
boshlang'ich tashkilot Yoshlar Kengashi tarkibini saylash;
boshlang'ich tashkilotni qayta tashkil etish va faoliyatini tugatish bo'yicha qarorlar ular 
uchun umumiy yig'ilish delegatlarining uchdan ikki qismi ovoz berganda qabul qilingan deb 
hisoblanadi. Boshqa masalalar bo'yicha qarorlar ular uchun umumiy yig'ilish ishtirokchilarining 
ko'pchiligi ovoz bergan taqdirda qabul qilingan deb hisoblanadi;
boshlang'ich tashkilotning umumiy yig'ilishi uning ishida saylangan delegatlaming uchdan 
ikki qismi qatnashgan taqdirda, qaror qabul qilishga vakolatli deb hisoblanadi;
boshlang'ich tashkilotning umumiy yig'ilishi delegatlari fakultet koordinaotlari hamda 
akademik guruhlar koordinatorlarining kengaytirilgan yig'ilishida saylanadi. Umumiy yig‘ilishga 
saylanadigan delegatlaming vakillik normasi, saylash tartibi, umumiy yig'ilish kun tartibi va uning 
o'tkazilish sanasi boshlang'ich tashkilot Yoshlar Kengashi yig'ilishi tomonidan belgilanadi.
13. Boshlang'ich tashkilot Yoshlar Kengashi umumiy yig'ilishlar oralig‘ida boshlang'ich 
tashkilotning rahbar organi hisoblanadi va yetti kishidan kam boim agan tarkibda 2 yil muddatga 
saylanadi.
14. Boshlang'ich tashkilot Yoshlar Kengashi:
Boshlang'ich tashkilot Yoshlar Kengashiga Ittifoqning oliy ta ’lim muassasasidagi 
boshlang'ich tashkiloti yoshlar yetakchisi rahbarlik qiladi.
Yoshlar Kengashi tarkibiga egallab turgan lavozimlariga muvofiq:
- Yoshlar yetakchisi;
- Intellektual loyihalar koordinatori;
- Besh tashabbus loyihalari koordinatori;
- Harbiy-vatanparvarlik loyihalari koordinatori;
- Tadbirkorlik va innovatsion loyihalar koordinatori;
- “Yoshlar daftari” va metsenatlik dasturlari koordinatori;
- Talaba qizlar koordinatori kiradi.


15. Yoshlar yetakchisi quyidagi vazifalami bajaradi: 
boshlang‘ich tashkilot faoliyatiga rahbarlik qiladi;
boshlang‘ich tashkilot faoliyatining samarali tashkil etilishini muvofiqlashtiradi, fakultetlar 
Yoshlar Kengashlari va guruhlar yoshlar yetakchilari faoliyatiga rahbarlik qiladi, tizimdagi barcha 
yetakchilar faoliyatiga uslubiy ko'm ak ko'rsatadi, a’zolaming, talaba-yoshlaming taklif va 
tashabbuslarini qo'llab-quvvatlaydi;
Ittifoqning oliy ta’lim muassasasidagi boshlang'ich tashkilot faoliyatiga rahbarlik qiladi; 
oliy ta'lim muassasasi talaba-yoshlarining huquq va manfaatlarini himoya qiladi; 
boshlang'ich tashkilot faoliyatini tashkil etadi va uning nomidan ish yuritadi; 
yuqori tashkilotlar va oliy ta'lim muassasasi rahbariga boshlang‘ich tashkilot faoliyati 
yuzasidan so'ralgan m a'lum ot, axborot va hisobotlami taqdim etib boradi;
boshlang‘ich tashkilot uchun belgilangan nomenklatura asosida ish yuritadi, yuqori 
tashkilotlar rahbarlari va oliy ta’lim muassasasi rektori topshiriqlarining bajarilishini ta ’minlaydi;
boshlang'ich tashkilot uchun ajratilgan xonalar, moddiy-texnik vositalar va mablag'lardan 
maqsadli foydalanishni ta’minlaydi;
oliy ta'lim muassasasi Kengashi, talaba-yoshlar, yosh pedagog xodimlar, ishchi 
xizmatchilaming huquq va manfaatlarini himoya qilish hamda qoilab-quvvatlash maqsadida 
tuzilgan mavjud kollegial organlar, shu jumladan, kengashlar, ishchi guruhlar, boshqa yoshlar 
masalasiga oid komissiyalar a’zosi sifatida faoliyat yuritadi.
16. Boshlang‘ich tashkiloti yoshlar yetakchisi oliy ta'lim muassasasi rektori (direktori)ning 
yoshlar masalalari bo'yicha maslahatchisi hisoblanadi hamda 0 ‘zbekiston yoshlar ittifoqining 
hududiy Kengashi va oliy ta'lim muassasasi rektoriga to ^ g 'rid a n -to ^ ri bo ‘ysunadi.
17. Boshlang‘ich tashkilotning fakultet koordinatori:
Boshlang'ich tashkilotning mavjud fakultet(lar)da tashkil etiladigan ayni bir fakultet 
miqyosida faoliyat yurituvchi bo‘g'in hisoblanadi.
fakultet yoshlar yetakchisi fakultetning akademik guruhlardagi yoshlar yetakchilari hamda 
faol-tashabbuskor talaba-yoshlari ishtirokida o ‘tkaziladigan yig'ilishda fakultetda tahsil olayotgan 
talabalar orasidan to 'g 'rid an -to 'g 'ri ochiq ovoz berish yo'li orqali ko'pchilik ovozi bilan saylanadi.
18. Boshlang'ich tashkilotning akademik guruhlardagi koordinatori:
Boshlang'ich tashkilotning akademik guruhlardagi koordinatori boshlang'ich tashkilotning 
guruhlar darajasida ishlarni tashkil etuvchi quyi bo ‘g'ini hisoblanadi;
guruh koordinatori oliy ta ’lim muassasasida talabalar soni kamida 20 (yigirma) nafardan 
ortiq bo'lgan akademik guruhlarda guruh talabalari orasidan to ‘g'ridan-to‘g‘ri ochiq ovoz berish 
yo ‘li 
orqali 
ko'pchilik 
ovozi 
bilan 
saylanadi. 
Akademik 
guruhlarda 
talabalar 
soni 
20 (yigirma) nafardan kam bo'lgan taqdirda yo'nalishlar yoki kurslar kesimida guruh yoshlar 
yetakchisi saylanadi.
19. Boshlang'ich tashkilot qoshidagi tuzilmalar (to‘garaklar, klublar va boshqalar): 
Boshlang;ich tashkilot oliy ta'lim muassasasida o‘zining maqsad va vazifalari hamda
talaba-yoshlaming hohish va istaklari asosida turli tuzilmalar jumladan, to'garaklar, klublar, 
uyushmalar, volontyorlik guruhlari, harakatlar va boshqalami tuzishi mumkin;
mazkur tuzilmalar ishiga boshlang‘ich tashkilot Yoshlar Kengashining tegishli yo'nalishlari 
koordinatorlari rahbarlik qiladi.

Yüklə 428,92 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin