10. Boshlang'ich tashkilot tashkiliy tuzilmasiga quyidagilar kiradi:
boshlang‘ich tashkilotning umumiy yig‘ilishi;
boshlang'ich tashkilot Yoshlar Kengashi (Boshlang'ich tashkilot yoshlar yetakchisi,
yo‘nalish koordinatorlaridan iborat);
boshlang'ich tashkilotning fakultetdagi koordinatorlari;
boshlang‘ich tashkilotning akademik guruhdagi koordinatorlari;
boshlang‘ich tashkilot qoshidagi tuzilmalar (to'garaklar, klublar, uyushmalar, harakatlar va
boshqalar)
11. Boshlang‘ich tashkilotning umumiy yig'ilishi:
Boshlang‘ich tashkilotning umumiy yig'ilishi boshlang‘ich
tashkilotning rahbar organi
hisoblanadi. Boshlang'ich tashkilot Yoshlar yetakchisi, Yoshlar Kengashi a ’zolari
va fakultet
koordinatorlari hisobotlarini tinglash, ular bo‘yicha qarorlar qabul qilish maqsadida hisobot
yig'ilishi bir yilda kamida bir marta, mazkur Nizomda belgilangan boshqa vakolatlari yuzasidan
vakolatli umumiy yig'ilish ikki yilda kamida bir marta chaqiriladi. Umumiy yig'ilishni chaqirish
to'g'risidagi qaror Yoshlar Kengashi yig'ilishi tomonidan qabul qilinadi. Umumiy yig'ilishni
chaqirish to'g'risidagi qaror Yoshlar Kengashi a'zolari
(koordinatorlari)nmg kamida uchdan ikki
qismi uni yoqlab ovoz bergan taqdirda qabul qilingan deb hisoblanadi. Uni chaqirish to'g'risidagi
qaror va kun tartibi umumiy yig'ilishdan kamida ikki hafta oldin e ’lon qilinadi.
12. Umumiy yig'ilish boshlang'ich tashkilot faoliyatiga daxldor bo'lgan
barcha masalalami
ko'rib chiqish va ular bo'yicha tegishli qarorlami qabul qilish huquqiga ega.
Umumiy yig'ilish vakolatiga quyidagilar kiradi:
boshlang'ich tashkilotni qayta tashkil etish va faoliyatini tugatish to 'g 'risid a qaror qabul
qilish;
boshlang'ich tashkilot Yoshlar yetakchisi, Yoshlar Kengashi a ’zolari va fakultet
koordinatori hisobotlarini tinglash, ular bo'yicha qarorlar qabul qilish;
boshlang'ich tashkilot Yoshlar Kengashi tarkibini saylash;
boshlang'ich tashkilotni qayta tashkil etish va faoliyatini tugatish bo'yicha qarorlar ular
uchun umumiy yig'ilish delegatlarining uchdan ikki qismi ovoz berganda qabul qilingan deb
hisoblanadi. Boshqa masalalar bo'yicha qarorlar ular uchun umumiy yig'ilish ishtirokchilarining
ko'pchiligi ovoz bergan taqdirda qabul qilingan deb hisoblanadi;
boshlang'ich tashkilotning umumiy yig'ilishi uning ishida saylangan delegatlaming uchdan
ikki qismi qatnashgan taqdirda, qaror qabul qilishga vakolatli deb hisoblanadi;
boshlang'ich tashkilotning umumiy yig'ilishi delegatlari fakultet koordinaotlari hamda
akademik guruhlar koordinatorlarining kengaytirilgan yig'ilishida saylanadi. Umumiy yig‘ilishga
saylanadigan
delegatlaming vakillik normasi, saylash tartibi, umumiy yig'ilish kun tartibi va uning
o'tkazilish sanasi boshlang'ich tashkilot Yoshlar Kengashi yig'ilishi tomonidan belgilanadi.
13. Boshlang'ich tashkilot Yoshlar Kengashi umumiy yig'ilishlar oralig‘ida boshlang'ich
tashkilotning rahbar organi hisoblanadi va yetti kishidan kam boim agan tarkibda 2 yil muddatga
saylanadi.
14. Boshlang'ich tashkilot Yoshlar Kengashi:
Boshlang'ich tashkilot Yoshlar Kengashiga Ittifoqning oliy ta ’lim muassasasidagi
boshlang'ich tashkiloti yoshlar yetakchisi rahbarlik qiladi.
Yoshlar Kengashi tarkibiga egallab turgan lavozimlariga muvofiq:
- Yoshlar yetakchisi;
- Intellektual loyihalar koordinatori;
- Besh tashabbus loyihalari koordinatori;
- Harbiy-vatanparvarlik loyihalari koordinatori;
- Tadbirkorlik va innovatsion loyihalar koordinatori;
- “Yoshlar daftari” va metsenatlik dasturlari koordinatori;
- Talaba qizlar koordinatori kiradi.
15. Yoshlar yetakchisi quyidagi vazifalami bajaradi:
boshlang‘ich tashkilot faoliyatiga rahbarlik qiladi;
boshlang‘ich tashkilot faoliyatining samarali tashkil etilishini muvofiqlashtiradi, fakultetlar
Yoshlar Kengashlari va guruhlar yoshlar yetakchilari faoliyatiga rahbarlik qiladi,
tizimdagi barcha
yetakchilar faoliyatiga uslubiy ko'm ak ko'rsatadi, a’zolaming, talaba-yoshlaming taklif va
tashabbuslarini qo'llab-quvvatlaydi;
Ittifoqning oliy ta’lim muassasasidagi boshlang'ich tashkilot faoliyatiga rahbarlik qiladi;
oliy ta'lim muassasasi talaba-yoshlarining huquq va manfaatlarini himoya qiladi;
boshlang'ich tashkilot faoliyatini tashkil etadi va uning nomidan ish yuritadi;
yuqori tashkilotlar va oliy ta'lim muassasasi rahbariga boshlang‘ich tashkilot faoliyati
yuzasidan so'ralgan m a'lum ot, axborot va hisobotlami taqdim etib boradi;
boshlang‘ich tashkilot uchun belgilangan nomenklatura asosida ish yuritadi, yuqori
tashkilotlar rahbarlari va oliy ta’lim muassasasi rektori topshiriqlarining bajarilishini ta ’minlaydi;
boshlang'ich tashkilot uchun ajratilgan xonalar, moddiy-texnik vositalar va mablag'lardan
maqsadli foydalanishni ta’minlaydi;
oliy ta'lim muassasasi Kengashi,
talaba-yoshlar, yosh pedagog xodimlar, ishchi
xizmatchilaming huquq va manfaatlarini himoya qilish hamda qoilab-quvvatlash maqsadida
tuzilgan mavjud kollegial organlar, shu jumladan, kengashlar, ishchi guruhlar, boshqa yoshlar
masalasiga oid komissiyalar a’zosi sifatida faoliyat yuritadi.
16. Boshlang‘ich tashkiloti yoshlar yetakchisi oliy ta'lim muassasasi rektori (direktori)ning
yoshlar masalalari bo'yicha maslahatchisi hisoblanadi hamda 0 ‘zbekiston
yoshlar ittifoqining
hududiy Kengashi va oliy ta'lim muassasasi rektoriga to ^ g 'rid a n -to ^ ri bo ‘ysunadi.
17. Boshlang‘ich tashkilotning fakultet koordinatori:
Boshlang'ich tashkilotning mavjud fakultet(lar)da tashkil etiladigan ayni bir fakultet
miqyosida faoliyat yurituvchi bo‘g'in hisoblanadi.
fakultet yoshlar yetakchisi fakultetning akademik guruhlardagi yoshlar yetakchilari hamda
faol-tashabbuskor talaba-yoshlari ishtirokida o ‘tkaziladigan yig'ilishda fakultetda tahsil olayotgan
talabalar orasidan to 'g 'rid an -to 'g 'ri ochiq ovoz berish yo'li orqali ko'pchilik ovozi bilan saylanadi.
18. Boshlang'ich tashkilotning akademik guruhlardagi koordinatori:
Boshlang'ich tashkilotning akademik guruhlardagi koordinatori boshlang'ich tashkilotning
guruhlar darajasida ishlarni tashkil etuvchi quyi bo ‘g'ini hisoblanadi;
guruh koordinatori oliy ta ’lim muassasasida talabalar soni kamida 20 (yigirma) nafardan
ortiq bo'lgan akademik guruhlarda guruh talabalari orasidan to ‘g'ridan-to‘g‘ri ochiq ovoz berish
yo ‘li
orqali
ko'pchilik
ovozi
bilan
saylanadi.
Akademik
guruhlarda
talabalar
soni
20 (yigirma) nafardan kam bo'lgan taqdirda yo'nalishlar yoki kurslar kesimida guruh yoshlar
yetakchisi saylanadi.
19. Boshlang'ich tashkilot qoshidagi tuzilmalar (to‘garaklar, klublar va boshqalar):
Boshlang;ich tashkilot oliy ta'lim muassasasida o‘zining maqsad va vazifalari hamda
talaba-yoshlaming hohish va istaklari asosida
turli tuzilmalar jumladan, to'garaklar, klublar,
uyushmalar, volontyorlik guruhlari, harakatlar va boshqalami tuzishi mumkin;
mazkur tuzilmalar ishiga boshlang‘ich tashkilot Yoshlar Kengashining tegishli yo'nalishlari
koordinatorlari rahbarlik qiladi.
Dostları ilə paylaş: