bilimlar, gimnlar, qo ‘shiqlar, urf-odatlar to ‘plamlarida inson
ning insoniy xususiyatlari haqidagi dastlabki flkr-mulohazalarni
uchratish mumkin. Lekin shuni alohida ta ’kidlash zarurki, hind
Vedalarida bayon qilingan inson to ‘g‘risidagi falsafly fikrlar
mifologik-diniy qarashlar bilan qo‘shilib-qorilib ketgan edi1.
Hind Vedalari o ‘z zamonasi ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy-
m a’rifiy hayotini aks ettiruvchi yirik m adaniy-m a’rifiy merosdir.
Ushbu madaniy boylik bir kunda yoki bir yilda shakllangan
emas. Uning yaratilishi uzoq davom etgan. Xususan, Hindiston-
ga qadimgi oriy qabilalari bostirib kirgan paytlardan boshlab
mamlakat hududida yagona davlat shakllangunga qadar bo'lgan
davrda sodir bo‘lgan o ‘zgarishlarni o ‘zida aks ettiradi. Shubha-
siz, o‘sha tarixiy taraqqiyot jarayonida hind jamiyati hayotida,
kishilarning fikrlash tarzida m uhim o ‘zgarishlar sodir bo ‘ldi.
Jam iyat a ’zolari asosan to ‘rtta yirik tabaqaga: braxm anlar
(xudojo‘ylar), kshatriylar (hukmdorlar, harbiylar), vayshalar (yer
egalari, hunarm andlar, savdogarlar) va shudralarga (m ehnat-
kashlar) bo‘lindilar. Tabaqalar ichida eng farosatlisi braxmanlar
edi2. Shuning uchun ham braxmanlam ing obro‘-e’tibori uzluksiz
oshib bordi.
Vedalaming yakunlovchi qismi upanishadlardir3. Upanishad-
larda koinot bilan odam orasidagi o'zaro aloqadorlik haqida bir
talay falsafly fikr-mulohazalar bayon etilgan. Xususan, olam
dagi barcha hodisalar, voqealar, shu jum ladan, inson xulq-
atvori, xatti-harakati ham olam bilan bog‘liq, doimo o ‘zgarib
turadi. Olamdagi, odamdagi o ‘zgarishlaming asosida shaxssiz vujud
yotadi. Shaxssiz vujud esa dunyoviy jo n bilan individual jonning
birligidan iborat. Dunyoviy jon nafaqat olamning, balki odamning
ham ruhiy asosini tashkil etadi. Shuningdek, upanishadlarda jo n
ning aylanma harakati, uning o ‘lmasligi, abadiyligi haqidagi
qarashlar ham bayon qilingan. Bunday qarashlarga muvofiq,
odam hayoti doimo o ‘zgarishda b o ‘lgan zanjirdan iborat, ya’ni
bir tug'ilish holatidan qayta tug‘ilish holatiga o ‘tib turadi. Qayta
tug‘ilish o ‘tgan zamondagi odam hayotining natijasi, yangi
Dostları ilə paylaş: