zarralaridir. Inson esa o ‘sha tirik zotlam ing o ‘ziga xos shakli,
ko‘rinishidir. Hozirgi odam zot tanasining shakli jonning bir
shaklli tanadan boshqa shaklli tanaga son-sanoqsiz marta ko‘chib
o ‘tishi natijasida sodir bo'lgan1.
Zam onlar o ‘tishi bilan H ind Vedalarida bayon etilgan olam
va inson borlig‘i haqidagi Fikr-mulohazalar turlicha sharhlandi.
Chunonchi, ortodoksal oqim tarafdorlari Vedalarda bayon qilin
gan olam va inson borlig‘i orasida o'zaro aloqadorlikning mavjud
ekanligi haqidagi g‘oyalam i qo'llab-quw atlagan, uni har to-
monlama rivojlantirgan bo'lsalar, noortodoksal oqim yalovbar-
dorlari bunday qarashlarni tanqid qila boshladilar. Hind falsafa-
sidagi ortodoksal oqimning shakllanishiga: sankxya, vaysheshi-
ka, nyaya, yoga, mimansa diniy-falsafiy maktablarining ijod-
korlari katta hissa qo‘shishgan bo'lsa, noortodoksal oqim rivo-
jida: jaynizm, buddizm, lokayata, chorvaka maktablari muxlis-
larining ulushi salmoqli bo'ldi.
Ortodoksal oqimning shakllanishiga beqiyos hissa qo‘shgan
sankxya maktabining asoschisi eram izdan awalgi VII asrlarda
yashagan Kapila edi2. Ushbu maktab ijodkorlari Vedalarda bayon
qilingan olam va odam borlig‘i haqidagi fikrlarni yanada rivoj-
lantirdilar. Ularning flkriga ko‘ra, olam va odam borlig‘i biri
ikkinchisi bilan chambarchas bog‘liq, yaxlit bir butun b o ‘lib,
yagona qudrat tufayli vujudga kelgan. O 'sha yagona qudrat Pu-
rushadir. Shuning uchun ham dastlabki odam bolasining yaratuv-
chisi, uni inson darajasiga ko‘targan ham Purushadir. Purusha
odamda sodir bo'lgan barcha o ‘zgarishlarga guvph bo'lib, kos-
mos kabi abadiy, o‘zgarmas, koinotdan tashqarida turuvchi,
ya’ni sof transendental ongdir. U ni jismga ham, his-tuyg‘uga
ham, aqlga ham, intellektga ham tenglashtirib bo‘lmas emish.
Purushaning mingta boshi, mingta ko‘zi, mingta oyog‘i mavjud
emish. Uning aql-zakovati — oy, ko ‘zi — quyosh, horib-toli-
qishi — olov, nafasi esa shamol emish. Og‘zidan braxman,
qo‘lidan kshatriy, vaysha, shudra kabi jamiyatning turli tabaqalarga
mansub «varna»lar vujudga kelganmish3.
Dostları ilə paylaş: