yaxshilik va yomonlikka b o ‘lgan munosabat
insonning olamdagi
hodisa va voqealarga b o ‘lgan munosabatini belgilaydi. Kishining
ruhiy-m a’naviy olamini boshqaradi.
Jaynizm ta ’limotining axloqiy qoidalari asosida uch asosiy
prinsip
yotadi. Chunonchi: 1)
to ‘g‘ri e’tiqodga ega b o ‘lish;
2) to ‘g‘ri e’tiqodga ega b o ‘lish uchun to ‘g‘ri
bilimga asoslanish;
3) to ‘g‘ri hayotiy m o‘ljalga eg ab o ‘lish. Ushbu prinsiplarga rioya
qilgan insonning ruhiy-m a’naviy qiyofasi har qanday axloqiy
zaifliklardan, ayniqsa,
xudbinlik, ichiqoraliklardan ozod bo ‘ladi,
degan fikr-mulohazalarni bayon qiladilar.
Inson hayotining m a’nosi haqidagi dastlabki fikr-m ulohaza
larni, noortodoksal oqim rivojiga munosib hissa qo‘shgan bud-
dizm 1 maktabi muxlislarining qarashlarida ham uchratish m um -
kin. Buddizm eramizdan awalgi VI asrda Shimoliy Hindistonda
vujudga keldi. Uning asoschisi Siddxartxi
G autam a taxm inan
eramizdan aw algi 623—544-yillarda yashagan2. U Kapilovasta
viloyati Shakya urug‘i hukmdorining o ‘g‘li bo ‘lib, 29 yoshida
tarkidunyo qiladi. 0 ‘zining hayotiy m o‘ljali qilib badxini (yo‘l)
tanlaydi. Ushbu ta ’limot asta-sekinlik
bilan kishilar qalbidan
joy ola boshlaydi. Buddizm qoidalari, uning axloqiy prinsiplariga
aw al
kishilar suhbatlarida, og‘zaki aytishuvlarda amal qilingan
b o ‘lsa, keyinchalik (taxm inan yuz yillardan so‘ng) yozm a
matnlarda rasmiylashtirildi. Yirik e’tiqod darajasiga ko‘tarildi.
Asta-
sekin ilohiylashtirilib, inson shaxsini yaratuvchi asosiy kuch,
deb ta ’riflana boshlandi3.
Buddaviy e’tiqodning asosida to ‘rtta haqiqat yotadi. C hunon
chi: 1. Insonning butun hayoti turli
azob-uqubatlardan iborat
(tug'ilish, kasallik, o ‘lim bilan kurashish va hokazo) deb qa-
rash. 2. Azob-uqubatlarning asosiy sababi hayotdan ko‘proq laz-
zat olishga, rohat-farog‘atga intilish ekanligini inobatga olish.
Xuddi shu intilishlar tufayli barcha istaklar paydo bo‘ladi, deb
hisoblash. 3. Azob-uqubatlardan qutilish
uchun barcha xohish va
istaklardan voz kechish. 4. Azob-uqubatlarni bartaraf etmoq,
undan qutilmoq uchun to ‘g‘ri fikr yuritish, to ‘g‘ri
qarorga kelish,
Dostları ilə paylaş: