dalanish yo‘llarini izlagan Umar Xayyom aslida odamlarning
orzu-istaklarini ro‘yobga chiqaradigan, ularning baxt-saodatli ya-
shashlari uchun real imkoniyatlar mavjud bo‘lgan yangi olam
tuzishni orzu qilardi. Buyuk mutafakkir ta’kidlaganidek, mabo-
do bu dunyoning yaratuvchisi, butun borliqning hukmdorligi
menga tegsa, yangidan shunday bir falak (olam) tuzardimki,
unda barcha yaxshi odamlarning tilaklari, istaklari amalga oshar-
di. Ana shunday olamni yaratmoq, bu dunyoning charxipalak,
adolatsiz ishlariga qarshi kurashmoq uchun odamlar qo‘lni-
qo‘lga berib, bir-birlariga hamdam, hamdard, bo‘lishlari zarur.
Bunday yakdillik barqaror bo‘lsa, insonlardagi g‘am-anduh
bartaraf etiladi, shodlik oyog‘idan g‘am tepki yemaydi1.
Umar Xayyom asarlarini Yevropa mamlakatlari kitobxonla-
riga tanishtirishda mashhur ingliz shoiri Eduard Fittsjerald (1809—
1883-y.)ning xizmatlari beqiyos bo‘ldi. U 1859-yilda Umar Hay
yom ruboiylarini birinchi marta, 1869-yilda ikkinchi marta ing
liz tiliga taijima qiladi.
Insonning insoniyligini ifodalovchi fazilatlar, xislatlar, ay
niqsa, inson ma’naviy qiyofasini ifodalovchi asosiy mezonlarni
aniqlash, o‘rta asr musulmon falsafasining o‘ziga xos xususiy-
atlaridan biri edi. 0 ‘rta asr musulmon falsafasida inson ma’naviy
madaniyatining eng muhim ko‘rsatkichi — adab va axloq
barkamolligi hisoblanadi. X—XII asrlarda musulmon falsafasida
«adab» deganda umumiy ta ’lim fanlarining majmuasini tushu-
nish urf bo‘lgan edi. Ayniqsa, Qur’pni Karim, Hadisi Sharifni
har tomonlama bilish, adab-axloqli kishi ma’naviy madaniya
tining eng muhim alomati edi.
Adab-axloqli insonning m a’naviy madaniyati haqidagi ajoyib
fikr-mulohazalarni o‘rta asr musulmon sharqining buyuk inson-
shunos allomalari: Mahmud Zamaxshariy,2 Ahmad Yugnakiy
asarlarida yaqqol ko‘rishimiz mumkin.
Dostları ilə paylaş: