Nokas, aldamchi kishilarga farovon turmush ato qilgan, to ‘g‘ri
kishini to ‘g‘riligi uchun bir burda nonga zor qilib qo‘ygan
Parvardigorning ishlaridan norozi bo‘ladi.
E charx, nokaslarni qilding farovon,
Hammom-u uy berding, yer, suv, tegirmon.
To‘g ‘ri kishi garov bir burda nonga,
Jirttakka arzimas bundayin davron1.
Qadimgi Eron
va Turon shaharlarini kezib, kishilar tur
mush tarzi, xulq-atvori, xatti-harakatlarini diqqat bilan o‘rgangan
o‘rta asrning buyuk mutafakkiri, bu olamning (falakning) ishi
ofat, ayyomi sitam ekanligiga guvoh bo‘ladi.
Dili xotirjam biron
kishini uchratolmaydi. Olam (falak) esa odamlar yumushlarini,
dard-u alamlarini kamaytirish o'rniga, battar tashvish ortti-
rayotganini ko‘radi. Bu telba dunyo
hech qachon odamlar dilini
chog‘ qilmasligiga ishonch hosil qiladi va hammani bu olam
(falak) o‘yinchoq qilayotir, degan xulosaga keladi2.
Insonning
butun umri tashvish, taraddud, hayratga to‘la ekan
ligiga ishonch hosil qilgan buyuk musulmon allomasi uning
bunyodkori, yaratuvchisiga bir necha
savollar bilan murojaat
qiladi:
Dostları ilə paylaş: