ham odamlar turli-tuman: murawatli va nuqsonli, do no va
ahmoq, oqko‘ngil va yovuz bo‘ladilar. Odamning chinakam inson
darajasiga ko‘tarilganligini undagi insoniylik belgilaydi. Insoniy-
likning eng muhim ko‘rsatkichi — axloqiy barkamollikdir. Ax
loqiy barkamollik — inson ongi va faoliyatining asosini tashkil
etadi.
Yusuf Xos Hojib kishilarni axloqiy barkamolligi yoki axloq-
sizligiga qarab: yaxshi va yomon odamlaiga bo‘ladi. Uning tushun
tirishicha, yomon odamga tarbiya ta’sir qilmaydi. Ya’ni «Tug‘ma
yomonlar uchun chora va iloj yo‘q, ular borliqqa balo, xalq
uchun ofat bo‘ladilar'.
Bunday yomon odamlardan uzoqroq bo‘lish, do‘st-birodar
tutimmaslikni maslahat beradi. «Agar yaxshining yo‘ldoshi yo
mon bo‘lsa, yaxshi ham o‘sha yomon tengida yomon bo'ladi.
Yaxshi bo‘la turib, yomonlar ichiga kirsa, ularga aralashsa,
yomonlarning yaxshi bo‘lishiga yo‘l ochadi2.
Yusuf Xos Hojib odamlar tabiatidagi yaxshilik va yomonlik
alomatlarini kishilarning genetik xususiyatlaridan, ya’ni nasl-
nasabidan qidiradi. Nasl-nasabi toza kishilar axloqan barkamol
bo‘ladilar. Nasl-nasabining tayini yo‘q kishilar tabiatan yomon
ishlarga qodir b o ‘ladilar. Bunday kishilar g‘arazgo‘ylik,
hasadg^ylik va boshqa axloqiy tubanliklarga moyil bo‘ladilar.
Yusuf Xos Hojibning fikriga ko‘ra, inson axloqiy barkamol-
ligining muhim ko‘rsatkichlaridan biri oddiylik va kamtarlikdir.
Inson qanchalik yuqori mansablarga erishmasin, qanchalik katta
mol-u dunyo to ‘plamasin, baribir kamtar, oddiy bo'lishi lozim.
Chunki kamtarlik, oddiylik insonni har tomonlama ulug‘laydi.
Olzini kamtar tutadigan oqko‘ngil, muruwatli kishilarga baxt-
iqbol hamisha kulib boqadi. Kalondimog1, manmanlikka berilgan
maqtanchoq kishilardan odamlar yuz o ‘giradi. Axloqan yetuk
kishini nafaqat odamlarning hozirgi avlodi, balki kelajakda ham
hurmat-izzat bilan eslashadi. Chunki bunday kishilar o‘zlaridan
yaxshi nom qoldiradilar. Kamtar, oddiy, halol, haqgo‘y kishi
lar jamiyatning bebaho boyligi, munofiq, yolg‘onchi kishilar
Dostları ilə paylaş: