lardan biri ekanligini ta’kidlab, odamlarning xotirasi eng kuch-
lisi, ularning ichidagi eng unutuvchisidir, ko‘ngillarning eng
yumshog‘i, salobatliligi-yu shafqatlisidir, deydi. 0 ‘z navbatida,
nodon kishilar haqida so‘zlab, ahmoq kishi bamisoli tumov
kishi gulning hidini sezmaganidek, hikmat lazzatini bilmaydi,
deb ta ’kidlaydi1.
Adab-axloqli kishi, Zamaxshariyning yozishicha, hamisha
to ‘g‘ri so‘zlash, ya’ni to ‘g‘ri so‘zli bo‘lishi darkor. To‘g‘ri so‘zli
odamlar soni qancha ko‘p bo‘lsa jamiyat turli nopokliklardan
shuncha tez tozalanadi. Chunki to ‘g‘ri va haq yoidan yurgan
kishining yurishi arslon yurishidan ko‘ra ham mahobatliroqdir
(haybatliroqdir). Qayerda to ‘g‘ri so‘zli odamlarning fikr-mulo-
hazalari inobatga olinmasa, haqiqatni tinglashdan quloqlar to‘sib
qo‘yilgan, mulohaza-yu zehnlar tadbir-u tafakkurdan ajratilgan
bo‘lsa, o'sha yerda shaxs bilan jamiyat orasidagi ziddiyatlar
borgan sari kuchayib boraveradi, inson kamoloti uchun zarur
bo‘lgan ijtimoiy shart-sharoitlar zaiflashaveradi2.
XI asrning talantli shoiri va mutafakkiri Yusuf Xos Hojib,3
inson kamoloti jamiyat bilan bevosita bog'liq ekanligini isbot-
lashga urindi. Inson faqat jamiyatda, boshqa kishilar bilan bo'lgan
muloqotda, turli munosabatlar, ijtimoiy foydali mehnatga .ish
tirok etish jarayonida kamolotga yetadi, degan fikrni bayon qiladi.
Jam iy atn i harakatga keltiruvchi kuch — mehnatkashlar (de-
hqonlar, hunarmandlar, chorvadorlar) ekanligini alohida qayd
etadi. Jamiyatni boshqarishda yurtboshilar, hokimlar, beklaming
adolatli bo‘lishi hal qiluvchi ahamiyatga ega ekanligini dalillab
berdi. Ayniqsa, hokimlar bilan tobelar orasidagi turli munosa-
Dostları ilə paylaş: