Sa’diy Sheroziy insonning barkamolligidan dalolat beruvchi
alomatlardan biri ehson deb tushunadi. Uning fikriga muvofiq,
insondagi ehson yetim-esirlami o‘z panohiga olishda, ulaiga turli
iltifotlar ko‘rsatishda, boshqalarning xayrli ishlariga hamdam-u
hamdard bo‘lishda, rizq-ro‘zini o‘zi topishga qodir bo‘lmagan
nochor va notavonlarga moddiy va ma’naviy yordam ko‘rsatishda
o‘z ifodasini topadi. Lekin sherozlik shoir ehsonni moddiy omil-
lar bilan baholamaslikni maslahat beradi. Shuningdek, qilingan
ehsonga oz bo‘lsada minnat aralashsa, u o‘z qadr-qimmatini
yo‘qotadi‘, deydi. Chunki minnat bilan qilingan ehson turgan
gapki, halol insonga tatimaydi. Birovning zarda bilan bergan
ne’matini tanovul qilgandan ko‘ra, ochdan o‘lish, o‘shanday
boldan ko‘ra, do‘zaxdan zaqqum daraxti mevasini yeyish afzal-
roqdir.
Sa’diy Sheroziyning fikriga ko‘ra, inson barkamolligidan
dalolat beruvchi alomatlardan yana biri — do‘st-u birodarlik
tuyg‘usidir. D o‘st-u birodarlik tuyg‘usining holati, darajasi, in
sonning boshiga biron kulfat tushganda ko‘rsatilgan sadoqatda
yaqqol namoyon bo‘ladi. Lekin har bir inson kundalik amaliy
faoliyatida chinakam do‘st-u birodarlik bilan soxta do‘st-u biro-
darlikni farqlay bilishi darkor.
Sa’diy Sheroziy insonning insoniy fazilatlarini shakllanishida
ijtimoiy muhitning roli, ayniqsa, davlatni boshqarib turgan pod-
shohlarning odilligi, boshqaruvning insof va diyonatga asoslan-
ganligi, vaziru amaldorlarning ijtimoiy adolat prinsiplariga sado-
qati muhim ahamiyatga ega ekanligini qayta-qayta ta’kidlaydi.
Chunonchi, shoiming «Bo‘ston» asarida podshoh va uning adolatli
ishlari tahlil qilingan bo‘lsa, «Guliston» asarida mamlakatni
boshqarishda insof-u diyonatni qaror toptirish, uning ijtimoiy-
iqtisodiy rivojlanishini ta’minlashda, jamiyatni boshqarib turgan
amaldorlarning hissasi katta ekanligini alohida ta’kidlaydi. Xuddi
shuning uchun ham, davlatni boshqarib turgan podshoh insof-u
diyonatli rahbarni noinsof rahbardan ajrata bilishi, ayniqsa, rost
gapni aytuvchi, sadoqatli, sofdil vazir bilan fitna qo‘zg‘atuvchi
Dostları ilə paylaş: