Sa’diy Sheroziyning e’tirof etishicha, insondagi sabr-qanoat-
ni, toqatni yemiruvchi illat — ta’madir. Ta’ma bilan shug‘uUangan
kishining! bo‘yni doimo xam boMadi. Bunday kishi hech qachon
boshqalarning ko‘ziga tik boqa olmaydi.
Qanoat birladur sarafroz odam,
Та ’mali kishining bo ‘yn i doim xam.
Ta’magirlik qilmaydigan kishi hech qachon sharmanda-yu
sharmisor bo‘lmaydi. Ta’magirlikdan yiroq turgan kishi hech
qachon birovga tobe yoki nafsning quli bo‘lib qolmaydi.
Kim t a ’madan kechar, b o ‘lmas sharmanda,
Na birovga tobe, na nafsga banda.1
Sa’diy Sheroziy insonning ta’lim-tarbiya ko‘rganlik holatini
bilimga, ilmga bo‘lgan chanqoqlik bilan o‘lchaydi. Shuning uchun
ham, do‘st-u birodarlariga qarata: agar sen o‘zingdan yaxshi
nom qoldirishni istasang, farzandlaringga, ayniqsa, o‘g‘lingga
aql ber, hunar o‘rgat. Mabodo farzandlaringning aql-u odobida
nuqson bo‘lsa, d ish in g bilan sendan nom-nishon qolmaydi.
Ayniqsa, o‘g‘ilni erkalatib o‘stirmaslik zarur. 0 ‘g‘ilni erkalatgan
ota-ona hayotda ko‘p jafo ko‘radi, deydi2. Alqissa, Sa’diy Sheroziy
inson axloqiy yetukligini ifodalovchi belgilar, alomatlar tizi-
mini yaratish bilan musulmon falsafasini yangi dalillar bilan
boyitdi.
Musulmon Sharqining buyuk donishmandlaridan biri, o‘zidan,
ayniqsa, nodir m a’naviy meros qoldirgan Jaloliddin Rumiy3
Mansur Xalloj va Farididdin Attorning inson borlig‘i to‘g‘risidagi
qarashlarini yanada rivojlantirdi. Uni mutlaqo yangi bosqichga
ko'tardi. Uning fikriga ko‘ra, inson badani mukammal tarkibdan
Dostları ilə paylaş: