uyg‘unlashganligi bilan keskin farq qiladi. Bu dunyo va undagi
go‘zal, xush narsalar insonning hayvoniy tomonlarining nasi-
basidir. Ular insondagi hayvoniy tuyg‘ularga kuch-quwat beradi.
Natijada, insondagi insoniylik alomatlari zaiflashadi. Insonning
hayvoniy tuyg‘ularining qo‘zg‘atuvchisi — shahvatdir. Shahvatning
qo‘zg‘atuvchisi esa turli narsalar va orzulardir. Insondagi insoniy
likning ozuqasi esa bilim, hikmat va Tangrining jamolidir1.
Jaloliddin Rumiyning e’tirof etishicha, insondagi hirs, orzu
va havaslaming chegarasi bo‘lmaydi, yuz minglarcha olam o'ziniki
bo‘lsa ham, ko‘ngli tinchimaydi. U o‘zi mashg‘ul bo'lgan yu-
mushlaming birontasidan huzur-halovat topa olmaydi. Chunki
uning bir o‘zi istagan narsasini qo'lga kirita olmaydi. Insondagi
zavq va orzular bamisoli bir zinapoyaga o‘xshaydi. Lekin o‘sha
zinalar insonning o'tirib dam olishiga moslanmagan, aksincha,
uning ustidan hamisha bosib o‘tiladi. Inson o‘z umrini o‘sha
zinalarda behuda o'tkazmasligi uchun g'offllikdan tez uyg‘onishi,
o‘zining orzu-havaslarini boshqara bilmog'i zarur2.
Musulmon Sharqining buyuk donishmandi Jaloliddin Rumiy
ning fikriga ko‘ra, inson tanasida biri ikkinchisiga zid bo‘lgan
hayvoniy va insoniy tomonlar mavjud ekan, o‘sha qarama-
qarshi tomonlarda uning m a’nosi, mohiyati namoyon bo‘ladi.
Insonning xulq-atvori, xatti-harakatining m a’nosi, mohiyati,
ijtimoiy mazmunini tiniqroq tasawur etmoq uchun, undagi
ziddiyatli tomonlarni ko‘ra bilmoq zarur, degan g'oyani za-
monasining allomalari hukmiga havola qiladi3.
Insonning surati (shakli) bilan, uning ma’nosi orasidagi
o'zaro aloqadorlik haqida fikr-mulohaza yuritgan musulmon
Sharqining buyuk mutafakkiri, inson o‘zining ma’nosiga yuzla-
nishni dastlab unchalik yoqtirmaydi. Biroq umr o ‘tgan sayin
o‘z hayotining ma’nosi, mazmuni haqida ko‘proq o‘ylay bosh-
laydi. Chunki inson hayotining dastlabki paytlarida o‘zining tashqi
qiyofasi o'ziga xush va latif ko‘rinadi. Umr o ‘tishi bilan inson
dagi bunday tuyg‘u so‘nib boradi. Mabodo, insonning tashqi
qiyofasi bilan uning ichki olami orasida ziddiyat kuchayib, uzilish
Dostları ilə paylaş: