yaxshilik qilib turmoqlari darkor. «Yaxshilik qilishni tark qilma va
hamma vaqt xaloyiqqa yaxshilik qil, yaxshilikka teskari ish qil
ma... Lekin Kaykovusning fikriga ko‘ra, yaxshilikni ham bilib
qilmoqlik zarur, uning me’yori, chegarasini bilish darkor. Yax
shilikni qadriga yetgan kishiga qilish lozim. Xuddi shuning uchun
ham muallif, yaxshilikning qadriga yetmagan kishini tuzi yuzaga
qalqib chiqqan sho‘r yer parchasiga o‘xshatadi.
«Qobusnoma»da aytilishicha, insonning insoniy xususiyatlari-
dan biri — hamma ishda adolatli bo‘lishdir. «Hamma ishda adolatli
bo‘l. Har kishi adolatli bo‘lsa, unga qozining keragi yo‘q»2.
Adolatdan yiroq insonda na himmat va na saxovat belgilari
bo‘lmaydi. Adolatni o‘zining insoniy burchiga aylantirgan kishi
bag‘ri keng, nazar-u himmati baland, jamiyatda o‘rnatilgan tar-
tib-intizomga rioya qiladi.
Kaykovusning fikriga ko‘ra, insonning axloqiy yetukligini ifo
dalovchi muhim ko'rsatkichlardan biri imonlilikdir. Imonlilik,
eng avvalo, uyatchanlikda yaqqol namoyon bo‘ladi. Uyatchan-
lik, o‘z navbatida, sharm-hayo bilan bog‘liq bo‘ladi. Kaykovus
ta’kidlaganidek, sharm-hayoning chegarasi bor. Inson «qayerda
sharm-hayo qilishni, qayerda sharm-hayo qilmaslikni bilishi lozim.
Qaysi biri yaxshi bo‘lsa shuni qilishi zarur»3. Agar sharm-hayo-
dan ustakorlik bilan foydalanishni bilmasa, unda u, shubhasiz,
insonga zarar yetkazadi. Chunki ayrim hollarda besharmlik bilan
maqsad hosil bo‘ladi4.
Kaykovusning ta’kidlashicha, insonning axloqiy tubanlashu-
vining muhim alomatlaridan biri — qing‘irlik, yolg‘onchilikdir.
Xuddi shuning uchun ham, qing‘irlik, yolg‘onchilikni o‘ziga
odat qilib olgan kishining oldiga bormaslik, uning suhbatida
bo‘lmaslikni maslahat beradi. Chunki qing‘ir, yolg‘onchi odam
hech qachon rost so‘zlamaydi. Bunday odamni faqat zo‘rlik
bilan yo‘qotmoq zarur. «Nedinkim bir daraxt egri bo‘lsa, to
uni chopib yo‘nmaguncha u to ‘g‘ri bo‘lmas»5, deb yozadi,
«Qobusnoma» muallifi.
Dostları ilə paylaş: