mon falsafasining yirik vakili, davlat arbobi Nizomulmulkning1
«Siyosatnoma» yoxud «Siyar ul-mulk» («Podshohlar turmushi»)
asarida2 tiniq ko‘rish mumkin.
Nizomulmulkning fikriga ko‘ra, fuqarolarning to ‘q-farovon
yashashi podshohga, uning jamiyatni boshqarish mahoratiga
bog‘liq. Xuddi shuning uchun ham, qo‘l ostidagi xalq uchun
oxiratda javobgarlik podshohga yuklatiladi. Odamlar hayoti uchun
javobgar bo‘lgan podshohni, afsuski, bu dunyoda tergaydigan,
noto‘g‘ri, g‘ayriinsoniy qiliqlari uchun unga jazo beradigan kishi
topilmaydi, deb nadomat chekadi. U podshohlarni mas’uliyatni
unutmaslikka chaqiradi. Odamlar turmushi uchun oxiratda javob
berishini eslatib qo‘yadi. Oxiratda bu dunyodagi ishlari uchun
mukofotlar bilan birga jazolar ham borligini ta’kidlab, pod
shohlarni insof-u diyonatga da’vat etadi. Madomiki «shunday
ekan, bu mulk muhimotini hech kimga topshirish va xaloyiq
ishlaridan g‘ofil qolish ham kerak emas. Shoh qo‘lidan kelga-
nicha yashirincha va oshkora tarzda xalq ahvolidan xabardor bo‘lishi
shart. Bedorlikka yo‘l bermay, zolimlar zulmidan aholini qutqa-
rish kerak»3.
Nizomulmulkning e ’tirof etishicha, mamlakatda adolatni
o‘rnatish uchun jamiyatni, davlatni boshqarib turgan amaldor-
lar, ayniqsa, podshohlar fuqarolarning arz-u dodlariga quloq
solishlari zarur. Buning uchun esa podshohlar fuqarolami vaqti-
vaqti bilan o‘zi qabul qilishi darkor. Odil, adolatli podshoh
asosiy e’tiborini haqiqatni aniqlashga qaratmog‘i lozim.
1 Abu Ali al-Hasan ibn Ali ibn Is’hoq at-Tusiy (ya’ni Nizom ulm ulk) 1018-
yil 10-aprelida (ba’zi m a’lumotlarga ko‘ra 1019, 1020-yillarda) Tus shahri yaqi-
Dostları ilə paylaş: