Mamlakatda adolatni o ‘rnatmoq uchun «Siyosatnoma»d;i
ta’kidlanishicha, podshohlar jamiyat, davlatni boshqarib turgan
amaldorlar faoliyatini ham uzluksiz nazorat qilib turmoqlari
lozim. Ushbu muammo haqidagi Nizomulmulk fikr-mulohazalari
podsho Bahrom G o‘r‘ va uning vaziri Rostravshan qismatini
tahlil
qilish
yordam ida
ochib
berilgan.
C hunonehi,
«Siyosatnoma»da tasvirlanishicha, Bahrom G o‘r davlatni boshqa-
rish ishlarini o‘zining vaziri Rostravshanga ishonib topshirib
qo‘yadi. 0 ‘zi esa ov bilan, aysh-u ishrat, kayf-u safo bilan
mashg‘ul bo‘ladi. Podshoh ishonchini suiistemol qilgan Ros-
travshan fuqarolarga zulm o‘tkazadi. Mol-u dunyo to‘plashga hirs
qo‘yadi, davlat xazinasini quritadi. Turli jabr-u sitamlardan tin-
kasi qurigan odamlar o ‘z yurtlaridan bosh olib keta boshlay-
dilar. Lekin odamlar Bahrom G o‘rga bu haqiqatni aytishga
qo‘rqadilar, haqiqatni yashiradilar2. Mamlakat, xalq ahvolining
kundan-kunga og‘irlashib borayotganini ko‘rgan Bahrom G o‘r
bunday holatning vujudga kelish sababini aniqlashga kirishadi.
Tekshirishlar natijasida, fuqarolar ahvoli og‘irlashib borishining
asosiy sababi vazir Rostravshan amalga oshirgan adolatsizlik
ekanligi ayon bo‘ladi. Bahrom G o‘r, hatto zindondagi mah-
buslar ahvoli bilan ham tanishadi. Zindondagi yetti yuz mah-
busdan faqat yigirma nafari o‘g‘riligi uchun qamalgan bo‘lib,
qolganlari Rostravshanning buyrug‘i bilan nohaq qamalganlik-
lari m a’lum bo‘ladi3. 0 ‘zboshimcha, noinsof vazir nafaqat fu
qarolarga ozor yetkazib, ularning mol-mulkini tortib olganligi,
balki davlatga ham xiyonat qilganligi, hatto o ‘z vatanini dush-
manlarga sotmoqchi boiganligi ham aniqlanadi. Qilgan xiyo-
natkorona ishlari uchun Rostravshan osib o‘ldiriladi. Bahrom
G o‘rning jarchilari yetti kun mamlakatning butun shaharlari va
qishloqlari uzra «Kimda-kim podshohga xiyonat qilsa va qarshi
chiqsa, xalqqa sitam qilib, omonatga xiyonat etsa, Xudoga va
Dostları ilə paylaş: