bo‘la olmasdik. Xatto, narsa va jismlarning rangini ham ajratol-
masdik. Sezgi hosil bo‘lishi tashqi tabiatning inson sezgi a’zolariga
(ko‘z, quloq, burun, til, teri) ta ’siri bilan bog‘liq. Chunki har
bir sezgining o‘z qo‘zg‘atuvchisi bo‘ladi. Agar u evida bo‘lsa,
yoqimli va zararsiz, bordi-yu haddan tashqari bo‘lsa, og‘riq
paydo bo‘ladi va halokatga olib keladi1.
Beruniyning dalillashicha, inson olamni bilishda nafaqat sezgi
organlari orqali olingan ma’lumotlarga, balki aql-tafakkur qudra-
tiga ham suyanadi. Aql-tafakkur yordamida olamda sodir
bo‘layotgan hodisa va voqealarni birini ikkinchisiga solishtiradi,
tahlil qiladi, rostni yolg‘ondan, adolatni adolatsizlikdan, yax-
shini yomondan, haqiqatni esa nohaqlikdan ajratadi. Inson fikr
lash qobiliyati, uning xayoli va xotirasi, irodasi va idroki bilan
bevosita bog‘liq ekanligini har tomonlama isbotlab berishga harakat
qiladi.
Abu Rayhon Beruniy yaratgan gnoseologik ta’limotga aso-
slangan Sharqning buyuk shoiri Nosir Xisrav Xudoning fazi-
latlarini, xislatlarini bilish haqida fikr-mulohaza yuritadi. Diniy
e’tiqodi jihatidan qarmatlik (shialik tarkibidagi oqim) tarafdori
bo‘lgan Nosir Xisravning2 fikriga muvofiq, inson o‘zining fikr-
mulohazalari, jismoniy ko‘z hissiyotlari orqali Xudoni bilol-
maydi. Uni faqat qalb ko‘zi bilan tasawur etishi mumkin.
Chunki Xudo yaka-yu yagona, uning awali ham, oxiri ham
yo‘q. Inson Xudoni va koinotni bilib olishi uchun, awalo,
o ‘zligini, o'zining kimligini bilib olmog‘i darkor. Buning uchun
inson o‘z umrini behuda o‘tkazmasligi, uzluksiz ilm egallashi,
moddiy boylik to ‘plash girdobiga tushib qolmasligi lozim.
Shuningdek, inson o ‘zligini bilmog'i uchun, o‘z axloq-odobini
Dostları ilə paylaş: