O zbekiiton fayi a L l I lari 4illiy jamiyaii nashkiyol


Abu Rayhon Beruniy. Tanlangan asarlar. Toshkent. 2-tom , 74-bet



Yüklə 3,66 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə115/318
tarix28.11.2023
ölçüsü3,66 Mb.
#169347
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   318
Inson falsafasi. Choriyev A

3 Abu Rayhon Beruniy. Tanlangan asarlar. Toshkent. 2-tom , 74-bet.
1 Musulmon madaniyatining donishmandlaridan biri N osir Xisrav 1004-yilda
Kabadiyonda (H ozirgi Tojikistonning N osir Xisrav shahri yaqinida) tavallud
topdi. Boshlang'ich m a’lum otni o ‘z qishiog'ida oldi. Marv, Balh madrasalarida
o ‘qidi. Turli tillar bilan birga, aljabr-muqabala, handasa, mantiq, nujum, tib-
biyot, falsafa, fiqh, tarix, kalom, musiqa va boshqa ilmlarni qunt bilan o ‘rgandi.
Mahmud G'aznaviy saroyida mas’ul lavozimlarda ishladi. Saroy muhitidan norozi
bo‘lib, u yerdan ketdi. Umrining so'nggi yigirma yilini Yumg'onda (Badaxshon
qishloqlaridan biri) o ‘tkazdi. 1088-yil vafot etdi. Uning falsafiy-axloqiy qarashlari
«Rushnoinoma», «Saodatnoma», «Safarnoma» kabi asarlarida bayon etilgan.
163


sof tutishi, poklanib turishi, boshqalarning qalbiga ozor yetkaz- 
masligi kerak.
Nosir Xisravning tushuntirishicha, inson tabiatini o‘zgartirishda 
tarbiyaning o‘rni va ahamiyati beqiyosdir. Uning fikriga ko‘ra 
odamning yomoni bo'lmaydi. Yomon tarbiya ko‘rgan, xulq-atvori 
yaxshi yoki yomon kishilar bo‘lishi mumkin, xolos. Insonning 
axloqiy fazilatlari haqida fikr-mulohaza yuritgan mutafakkir, inson 
axloqan yetuk bo‘lmog‘i uchun behad mol-u dunyo to ‘plashga, 
bu dunyoning o ‘tkinchi xursandchiliklariga hirs-u havas 
qo‘ymasligi, boshqalarga nisbatan insofli, adolatli bo‘lishi, beva- 
bechoralarga, nogironlarga rahm-shafqat ko‘rsatishi, ularning turli 
gunohlarini kechirishi zarur. M a’naviy-axloqiy yetuk bo‘lishini 
istagan har bir kishi, ilm o‘rganishi, aql-idrokini uzluksiz 
takomillashtirib bormog‘i lozim. Kishilar orasida faqat aqllil&ri 
aqliy lazzat tomon intiladilar.
Nosir Xisravning e’tirof etishicha, mamlakatni idora qilib 
turgan hukmdorlar ma’rifatli kishilar bo‘lmog‘i zarur. Hukm­
dor har qanday tadbirni vazirlar muhokamasiga qo‘yib, mash- 
varat majlisida har tomonlama muhokama qilib, keyin farmon 
bermog‘i lozim. Mamlakatda ana shunday adolatli boshqaruv 
joriy etilsa, yurt obod, odamlar farovon yashaydilar, bir-bir- 
lariga mehribon bo‘ladilar.
Nosir Xisrav noinsof, adolatsiz, ilm-fan, mehnat ahliga 
yomon munosabatda bo‘lgan, poraxo‘r amaldorlarni qattiq tan­
qid qiladi. Nosirning tasvirlashicha bunday kishilardan, hatto it 
ham afzaldir. Turgan gapki, ular o ‘z manfaatlari uchun 
kambag‘al kishilarni xonavayron qiladilar va bundan uyalmay- 
dilar. Shoirning fikriga ko‘ra odamlarning qarg‘ishiga uchragan 
amaldorlarning mol-u dunyolari barakasiz bo‘ladi.'
Musulmon falsafasida insonning jamiyatdagi o‘rni, insonning 
insoniy qiyofasining shakllanishida ijtimoiy muhitning ta’siri, 
odam lar hayotini to ‘q-farovon qilishda, jamiyatni adolatli 
boshqarishda podshohlar, lashkarboshilarning o‘rnini aniqlashga 
alohida e’tibor berilgan. Bunday tendensiyani o‘rta asr musul-

Yüklə 3,66 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   318




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin