qonlarga alohida mehribonlik ko‘rsatishi lozim, deb ta’kidlaydi.
Ilm ahli mehnatini ta’riflab, ilm olish o‘ta mashaqqatli, lekin
jamiyat uchun eng kerakli mehnatdir, jamiyat olimlar mehnatini
hamisha hurmat qilishi, qadrlashi zarur, deb hisoblaydi.
Abu Rayhon Beruniyning e’tirof etishicha, insonning qadr-
qimmati, jamiyatdagi o ‘rni mehnati bilan baholanmog‘i darkor.
Mehnat har bir kishining kundalik ehtiyojiga aylanmog‘i lo
zim. Har bir kishi o‘z xohish-istagi bilan mehnat qilmog‘i
kerak. Odamlarni majburiy mehnat qildirish yo‘li bilan jamiyat
hech qachon yuksaklikka ko‘tarila olmaydi. Kishilar xohish-
istaklariga qarshi bo‘lib, ularni majburan zo‘rlab ishlatishga
Beruniy o‘rta asr sharoitidayoq qarshi chiqqan edi1. Mehnat -
kash kishiga jabr-sitam o‘tkazuvchi ishboshilarni bo'rilarga,
kalxatlarga o'xshatgan edi.
Abu Rayhon Beruniyning fikriga muvofiq, kishilarning
madaniy saviyasi ortib borishi bilan jamiyat hayotining madaniy-
lashish darajasi ortib boradi. Insonning madaniy saviyasi qancha
baland bo‘lsa uning shodlik, xursandchilikka, musiqaga bo‘lgan
ehtiyoji ortib boraveradi. «Madaniylashgan kishilar ichidan nozik
(tabiatli) odamlar ko‘ngil ochar (shodlik bag‘ishlaydigan)joylarga
borib turishni odat qildilar; bunday joylarga faqat nozik (tabi
atli) kishilar emas, balki boshqa, musiqaga yanada kuchliroq
tashna bo‘lganlar ham ohang tinglash uchun boradilar... Ohanglar
esa ruhga (qalbga) tartibga tushirilgan, shaklga kiritilgan
bo‘lgandagina kuchli ta ’sir qiladi: Chunki ruh (qalb) tartibga
kirgan narsani tezroq qabul qiladi...»2
Beruniy tushuntirishicha, inson boshqa maxluqotlardan olamda
sodir bo‘layotgan hodisa,voqealar sababini bila olish bilan ajralib
turadi. Olamda bo‘layotgan o‘zgarishlar sababini inson o‘zining
sezgilari yordamida bilib oladi. Inson miyasida hosil bo‘lgan
bilimlar tashqi olamning ifodasidir. Ushbu ma’lumotlar sezgi
organlarining bajargan ishi tufayli sodir bo‘ladi. Agar sezgi
organlari bo‘lmaganda olamning manzarasi haqida tasawurga ega
Dostları ilə paylaş: