Ismoil Jurjoniy inson umrini to ‘rt davrga bo'ladi:
Birinchi davr — tug‘ilish, o‘sish va parvarishlash bosqichi
boMib, 15—16 yoshgacha bo‘lgan inson umrini o ‘z ichiga oladi.
Ikkinchi davr — yoshlik va yetuklik bosqichi bo‘lib, 30
yoshgacha boigan inson umrini o‘z ichiga oladi. Bundan keyin
jismonan o‘sish va ulg‘ayish boshlanadi. Ba’zilarda o‘sish va
ulg‘ayish 35—40 yoshgacha davom etishi mumkin. Xuddi shu
ning uchun 35—40 yoshgacha inson umrini yoshlik davri desa
ham bo‘ladi.
Uchinchi davr — mo‘ysafidlik bosqichi. Bu davrda inson 60
yoshgacha bo‘lgan yoshlik quwatidan bahra olib yashashi mum
kin bo‘ladi.
To‘rtinchi davr — kishi umrining qarilik davri bo‘lib,
bunda quvvatining susayish holati kuzatiladi va bu jarayon
inson umrining oxirigacha davom etadi. Qarilikning fazilati
shundaki, ba’zilar 60 yosh yashaydi, b a ’zilar esa yana
o‘spirinlik, yoshlik va mo‘ysafidlik yillari qancha davom etgan
bo‘lsa, o‘shanga teng keladigan vaqtgacha yashab, 120 yoshga
kirishi m um kin1.
Inson ma’naviy va ruhiy qiyofasiga uning ochiq havoda
bo‘lishi, olov va tuproqdan foydalanishi, har xil oziq-ovqat-
Iardan tanovul qilishi, ichishi, kulishi, xursandchilik qilishi,
aziyat chekishi, harakatda bo‘lishi kabi tashqi sabablar ta’sir
etadi. Ushbu tashqi sabablar odam a’zolarini yemiruvchi ichki
sabablarga yordam beradi. Ismoil Juqoniy tabobat ichki quwat
tengligini saqlab turish, odam a ’zolarining holatini yaxshilash
uchun yordam beradigan tashqi quwatdir, deydi.
Ismoil Juijoniy inson aqlini har tomonlama ulug‘laydi. Uning
tushuntirishicha, ilm isbot va tafakkur yordamida hosil bo‘ladi.
Ilmlar ikki xil: nazariy va amaliy bo‘ladi. Nazariy ilmlarga ada-
biyot, mantiq, riyoziyot kirsa, amaliy ilmlar o‘z qamroviga
mexanika, tikuvchilik va boshqa qo‘l bilan bajariladigan ishlar,
xususan, hunarmandchilikni qamrab oladi. Tibbiyot ilmi esa,
ham nazariy, ham amaliy ilmlarni o‘zida mujassamlashtiradi.
Musulmon allomalarining inson to ‘g‘risidagi flkr-mulohaza-
Dostları ilə paylaş: