Ahmad Yassaviy falsafasi teotsentrik xususiyatga ega edi. Uning
fikriga muvofiq, Xudo — oliy haqiqat. Xudoning barcha fazilatlari,
xislatlari go‘zal, maftunkor, kundalik faoliyatida adolat hukmronlik
qiladi. Barcha o‘rta asr faylasuflaridek, Ahmad Yassaviyning ham
diqqat-e’tibori Xudoni har tomonlama ulug‘lashga, uning ishqi,
uning muhabbati bilan yashashga qaratilgan. U oshiqlarga ilohiy
ishq sirlarini tushuntirmoqchi bo‘ladi. Muhabbat dardiga chalingan
har bir oshiq, awalo, haqiqatning mohiyatini bilmog‘i darkor.
Haqiqatning ma’nosiga esa faqat imon-e’tiqodli kishi yetadi.
Xudo ishqi insondan favqulodda ko‘ngli pok va turli moddiy
ehtiyojlardan uzoqroq turishni, insonning o‘ziga o‘zi murosali
bo‘lishni taqazo etadi. Ishq, muhabbat yo'lida, hatto o‘zini
qurbon qilishga ham tayyor bo‘lishga chaqiradi. Bir ibora bilan
aytganda, Xudo vasliga yetishni orzu qilgan kishi ruhiy-ma’naviy
pok bo‘lmog‘i zarur. Yassaviyning fikriga ko‘ra, turli jafolar
chekib, oshiqlikka yetishish inson ongi va faoliyatidan avomlik-
g‘ofillikni haydaydi, johillikka yo‘l bermaydi, glaflatdan olib
qochadi, faollik uchun imkon yaratadi. Bundan keyin o‘z atrof-
ida sodir bo‘layotgan voqealarga befarq qaray olmaydi1.
Yassaviyning fikriga muvofiq, butun tirik mavjudot to ‘rtta
kichik unsurlardan: suv, havo, olov va tuproqdan tashkil top
gan. Insondagi barcha ijobiy fazilatlar va salbiy qiliqlar, odatlar
ham o‘sha to‘rtta unsur bilan bog‘liq bo‘ladi. Olov va havoda
do‘zaxiy qiliqlar mavjud bo‘lsa, suv va tuproqda jannatiy fa
zilatlar mujassam bo‘ladi. Xususan, insondagi manmanlik, kibr-
lanish kabi qiliqlarning shakllanishida do‘zaxiy olovning ta’siri
bor. Olov insonni o ‘z ishqida kuydirib, Haqdan uzoqlashtiradi.
Oxir-oqibatda bu «ishq» kibrlilikka olib keladi. Odamlardagi
yengiltakliklar havo bilan bog‘liq. Suv va tuproq o‘zida ezgu-
likni birlashtiradi. Xuddi shuning uchun ham, insondagi eng
yaxshi fazilatlar suv va tuproq bilan aloqador bo‘ladi.
Ahmad Yassaviy tasawuf g'oyalarini ommaga yoyish maqsa
dida adabiyotning hikmat janridan ustalik bilan foydalandi. Xuddi
shu janrda yozilgan she’riy asarlari asosida hikmatli so‘zlar
to‘plamini yaratadi. Uning hikmatli so‘zlari odamlar orasida tez
tarqaladi va katta obro‘-e’tibor olib keladi. Turkiy tilda yozilgan
Dostları ilə paylaş: