O zbekiiton fayi a L l I lari 4illiy jamiyaii nashkiyol


  Yassaviy merosini har tom onlam a o ‘rganishda turkiyalik olimlar M ertol



Yüklə 3,66 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə181/318
tarix28.11.2023
ölçüsü3,66 Mb.
#169347
1   ...   177   178   179   180   181   182   183   184   ...   318
Inson falsafasi. Choriyev A


Yassaviy merosini har tom onlam a o ‘rganishda turkiyalik olimlar M ertol
Tulum , M ehm et Tulum , Kam ol Erarslon, mojor olim i Andraj Bodrakligeti,
o ‘zbek olim i Ergash Fozilovlarning xizmatlari tahsinga sazovordir.
239


rounnahrda keng tarqalgan tasavvuf tariqatlaridan yassaviyaga asos 
soldi. Rivoyatlarga qaraganda, u 125 yil, boshqa birida 
ta’kidlanishicha, 133 yil umr ko‘rgan. Oltmish uch yoshga 
yetgach, yer ostida hujra qazdirib, chillaga kirgan. Qolgan umrini 
toat-ibodat, zikr-u sano o‘qish, ijod qilish bilan o‘tkazgan. 
Dastlabki saboqni turkistonlik ustozi Shayx Arslonbobodan, 
Buxoroga kelgach, Yusuf Hamadoniydan oldi.
Ahmad Yassaviy Yusuf Hamadoniy vafotidan so‘ng Buxoro 
madrasalarida ustozlik qildi. Madrasa toliblariga Kalomulloh, Hadisi 
Sharifdan dars berdi. Yetuk olim, ya’ni shayxul islom darajasiga 
ko‘tarilgach, ona vatani Turkistonga qaytdi. 0 ‘tror yaqinidagi 
Yassida qo‘nim topdi va islom madaniyatini targ‘ibot va tash­
viqot qila boshladi.
Ahmad Yassaviy Buxoroda o‘qigan va yashagan yillarida tasav- 
vufning tariqatlaridan biri malomatiya qoidalari bilan tanishdi. IX 
asrda vujudga kelgan malomatiya tariqati Nishopur tasavvuf makta- 
biga mansub edi. Malomatiya maktabi namoyandalari inson o‘zini 
o‘zi har qanday axloqsizliklardan poklashga qodir, degan g‘oyani 
olg‘a suradilar. Ularning fikriga asosan, insonning o‘zini o‘zi pok- 
lash jarayoni o‘ta pinhona, xufyona olib borilishi zarur edi.
Malomatiya tariqati talablariga ko‘ra, inson o‘zini o‘zi har 
tomonlama tergab turishi, vaqti-vaqti bilan taftish qilishi, o‘z 
kundalik faoliyatidagi nuqsonlar, qusurlarni tahlil qilishi orqali 
asta-sekin barkamollikka ko‘tariladi. Yomon qiliqlardan tezroq 
qutulishi, yaxshi fazilatlar, xislatlarni o‘zida pinhona saqlashi 
malomatiya tariqatining eng muhim talablaridan biri edi. Inson 
o‘zidagi nuqsonlarni o ‘zi bartaraf etishi uchun kuchli iroda, 
matonatga ega bo‘lishi talab etilardi. Ahmad Yassaviy o‘z ijodi- 
ning dastlabki yillarida malomatiya tariqatining yirik namoyanda- 
si darajasiga ko‘tarildi. Malomatiya axloqiy talablari asosida fikr- 
mulohaza yuritib, insonni hamisha o‘ziga o‘zi tanqidiy ko‘z bilan 
qarashga da’vat etadi. Qilgan gunohlariga iqror bo‘lishga chaqira- 
di. Tavba qilish, gunohlarni tan olish — poklanish alomatidir. 
Gunohkorlik faqat aybga va aybdorlikka iqror bo‘lish degani 
emas, eng muhimi, inson o‘zi aybining mohiyatini ilg‘ab oli- 
shi, tushunib yetishidan iboratdir1.

Yüklə 3,66 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   177   178   179   180   181   182   183   184   ...   318




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin