deganda, fuqaro manfaati uchun yashashni tushunadi va o'zining
butun umri, ongli faoliyatini fuqaro manfaatini himoya qilishga
qaratadiJ. Fuqarolar osoyishtaligi, hunarmand va tijorat ahli
ishining ravnaqi yo'lida har qanday muammolarni urush va qon
to'kish yo‘li bilan emas, balki kelishuv, tinchlik va osoyishtalik
bilan hal qilishga intiladi2. Boshqacha aytganimizda, Xoja Ahror
falsafasida birovlaiga jabr-sitam qiluvchilarga qarshi kurash, odam
larni bu dunyo tashvishlaridan asrash, insonni ulug'lash asosiy
o‘rin egallaydi. Uning fikriga ko‘ra, olamdagi barcha tirik mavju-
dotlar ichida eng ulug‘ qadriyat insondir. Inson
0
‘zining
ulug‘vorligi bilan o‘z vaqtini o‘tkinchi, bachkana narsalarga sarf
etmasligi, foydali ishlar bilan shug‘ullanmog‘i lozim.
Xoja Ahror o‘z ixtiyoridagi yer va mulkdan olingan daro-
madlardan madrasa, masjid, xonaqoh va boshqa imoratlar
qurdirdi. Uning bunday saxiyligi, insonparvarligi odamlar orasi
da obro‘-e’tiborini oshirib yubordi. Movarounnahr va Xuroson-
ning qishloqlarida yashovchi dehqonlar o'zlariga qarashli yerlar-
ni Xoja Ahrorga nazr qila boshladilar. Bunday harakatning avj
olib ketishining sabablaridan biri — o‘sha davrdagi Samarqand
hukmdori sulton Abu Sayid Mirzoning farmoni bilan Xoja
Ahrorga qarashli yer va mulkdan ushr solig‘i olinardi, xolos.
Boshqa soliqlar esa olinmasdi. Shuning uchun dehqonlar o‘z
yerlarini Xoja Ahroiga nazr qilishar, o‘zlari esa o‘sha yerlarda
ishlashni davom ettirar edilar. Buning natijasida dehqonlar or
tiqcha soliqlardan ozod bo‘lar edilar. Shunday qilib, XV asr
ning ikkinchi yarmida Xoja Ahror mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy,
ma’naviy hayotida katta obro‘-e’tiborga ega bo‘lgan kishilardan
biri darajasiga ko'tarildi.
Xoja Ahror shaxsidagi eng muhim xislatlaridan biri — sodir
bo'layotgan voqealaming, hodisalarning mohiyatini zukkolik bilan
tahlil qilar, undan o‘zi uchun zarur xulosalar chiqarardi. Bunday
zukkolikka erishmoq uchun o‘zidagi eng nodir qobiliyat — «tush
ko‘rish»dan foydalanardi. Boshqacha aytganimizda, o‘z kashfiyotlari
va karomatlarini tushida ko‘rganiga asoslanib bayon etardi. Shuning
uchun ham, uni «Valiy», ya’ni Xudoga yaqin kishi, deyishardi.
Dostları ilə paylaş: