Abduxoliq G ‘ijduvoniy barkamol inson uchun zarur bo‘lgan
odob-axloq normalarini ishlab chiqqan. Uning fikriga ko‘ra, in
sonni ulug‘laydigan eng muhim fazilat bilimli, ilmli bo‘lishdir.
Inson har qanday vaziyatda ham ilm va taqvo bilan birga
bo‘lmog‘i, ayniqsa, fiqhni (huquqni) chuqur o‘rganmog‘i darkor.
Chunki inson faoliyati asosan ikki buyuk qudrat: huquq va
axloq yordamida boshqariladi.
Abduxoliq G'ijduvoniy inson axloqiy qiyofasini ulug‘lovchi
alomatlar haqida gapirib, oz so‘zla, oz yeb-ich, oz uxla, ahli
ayoldan ehtiyot bo‘l, besoqollar, xotinlar va bid’atlar, boylar
va omiylar bilan suhbat qurma, ko‘p kulma, ayniqsa, qah-
qah urib kulishdan qoch, ko‘p kulishdan yurak qorayadi. Boshqa
odamga shafqat ko‘zi bilan boq va hech bir kishini xor tutma,
deb vasiyat qiladi.
Abduxoliq G ‘ijduvoniyning inson ruhiy-ma’naviy qiyofasi ha
qidagi qarashlarining asosida hojagon tariqatining quyidagi sak-
kiz qoidasi yotadi1. Xuddi shu sakkiz qoida talablarining baja-
rilishi inson ma’naviy yetukligi holatini belgilaydi.
Birinchi qoida — «Xush dar darx|j deb yuritiladi. Ushbu
qoida inson ruhiy-ma’naviy kamolotining holatini, ayniqsa,
uning e’tiqodi mustahkamligini ifodalaydi. Xudo vasliga yetishni
orzu qilgan bunday qutlug1, muborakbod istak yo‘lida toat-
ibodat qilayotgan har bir kishi, awalo xufyona — ovoz chiqar-
masdan zikr qilishi, o ‘zidan chiqayotgan har bir nafasdan o‘ta
hushyor bo‘lishi joizki, toki bunda g'aflat yuz bermasin.
Chiqayotgan har nafas Xudovandi Karimning muborak nomi
bilan uzluksiz bog‘lanishi lozim. Boshqacha aytganimizda, inson
barkamolligining birinchi alomati hojagon tariqati talabiga mu
vofiq Olloh taoloning muborak nomini ulug‘lash, e’zozlashdir.
Ikkinchi qoida — «Nazar bar qadam», asosan, barkamol
lik, oriflik da’vosini qiluvchi har bir murid, har bir shogird
bosgan qadamini o‘ylab bosishi lozim, toki uning nazari turli
noxushliklar, badbaxtliklar, behayoliklar bilan ro‘baro‘ kelma-
sin. Boshqacha qilib aytganimizda, bosilgan har bir qadam
ming marta o'ylanishi, faqat o ‘shandan so‘ng tashlanishi darkor.
Chaqirilmagan, aytilmagan joyga borilmagani ma’qul.
Dostları ilə paylaş: