Nodonlik adolatli boshliqni noto‘g‘ri yo'lga boshlashi mumkin.
Har qanday nodonliklardan boshliqni ma’rifat saqlab qoladi. Faqat
ma’rifatli shoh adolatli hukm chiqarishi mumkin. Jomiyning
ta’kidlashicha, davlat qonunga asoslanib boshqarilishi lozim. Qonun
ustuvor bo‘lgan jamiyatda fuqarolar farovon yashaydi. Odamlar
o‘zlarining kundalik amaliy faoliyatida qonunga rioya qilishlarini
adolatning eng muhim ko'rsatkichlaridan biri, deb hisoblaydi.
Jomiyning fikriga ko‘ra, shariat talablariga javob beradigan
har qanday harakat ham adolatli bo'lavermaydi. Qabul qilingan
qarorlar xalq tomonidan m a’qullansa, qo'llab-quwatlansa, bun
day tadbirlami adolatli desa bo‘ladi. Kishilaiga ziyon yetkazuvchi
tadbirlar hech qachon adolatli bolishi mumkin emas. El, xalq
ko'nglini olgan hukmdoigina hurmat-izzatga sazovor bo‘ladi.
Rahmdillik va adolat bilan ish tutadigan Shoh, uning fikriga
ko‘ra, duolarga muhtoj emas.1 Abdurahmon Jomiy johillik bilan
musulmon bo‘lib, xalqni azob-uqubatga tutgandan ko‘ra, koflr
bo‘lib yaxshi va adolatli ish tutgan ma’qul, deydi.
Naqshbandiya ta’limotida insonning axloqiy qiyofasi haqidagi
teran fikrlami xurosonlik mutafakkir Husayn Voiz Koshifiy2 asar
larida ham ko‘rish mumkin. Koshifiyning fikriga ko'ra, kishilar
orasidagi ijtimoiy munosabatlar tizimining mag'zini axloqiy mu-
nosabatlar tashkil etadi. U axloqiy munosabatlami kishilaming
kundalik turmush tarzi, amaliy faoliyatidan qidiradi. Uning inson
axloqiy qiyofasi haqidagi qarashlari «Axloqi Muhsiniy», «Anvari
Suhayliy», «Risolayi Xotamiya» va «Futuwatnomai Sultoniy»,
«Tavsiri Husayniy», «Javohimoma» risolalarida bayon etilgan.
Koshifiy insonni olamdagi mavjudotlaming eng buyugi, sar-
vari, deb biladi. Shuning uchun ham inson — eng oliy qadri-
yatdir, degan fikrni har tomonlama asoslab beradi. Xuddi shu
Dostları ilə paylaş: