O zbekiiton fayi a L l I lari 4illiy jamiyaii nashkiyol


Jomiy A. Tanlangan asarlar. Toshkent, 1971, 11-bet



Yüklə 3,66 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə195/318
tarix28.11.2023
ölçüsü3,66 Mb.
#169347
1   ...   191   192   193   194   195   196   197   198   ...   318
Inson falsafasi. Choriyev A

1 Jomiy A. Tanlangan asarlar. Toshkent, 1971, 11-bet.
2 Naqshbandiya ta’lim otining yirik namoyandalaridan biri — Husayn Voiz
Koshifiy taxminan 1440-yillarda Xuroson viloyatidagi Sabzavor shahrining Boy-
haq kentida tug'ilgan. Boshlang'ich m a’lumotni ona shahrida olgan. Arab, fors,
turkiy tillarni mukam m al bilgan. M atem atika, astronom iya, kim yo, musiqa,
adabiyot, fiqh kabi fanlarni har tom onlam a o'rgangan. Tez orada ko‘zga ko'ringan
voiz — notiq bo‘lib tanilgan. Shuning uchun ham, a w a l Nishopurda, 1455—
1468-yillarda esa Mashhadda voizlik qilgan. 1468-yilda Hirotga kelgan va Temuri­
ylar rahnamoligida faoliyat ko‘rsatgan. 1505-yilda Hirotda vafot etgan. U falsafa,
ax lo q , tilsh u n o slik , ad ab iyotsh u n oslik , siyosat, tarix, kim yo, astronom iya,
matematika, musiqa, voizlik, din tarixi, fiqh, tibbiyotga doir 200 dan ortiq
asar yozgan.
262


fikr u yaratgan axloqiy ta ’limotning asosiy g‘oyasidir. Uning 
fikriga ko‘ra, insonning barcha ijtimoiy fazilatlarining asosida 
axloqiy xislatlar turadi. Lekin axloqiy xislatlar ijobiy yoki sal- 
biy bo'lishi mumkin. Ijobiy axloqiy xislatlar insonni har to­
monlama ulug'lasa, salbiy axloqiy xislatlar uni inqiroz tomon 
yetaklaydi. Shuning uchun ham, salbiy axloqiy xislatlarni har 
tomonlama qoralaydi va uning nafaqat inson, balki jamiyat uchun 
ham katta zarar olib kelishini, bir qator hikoyatlar, rivoyatlar 
asosida tushuntirib beradi.
Husayn Voiz Koshifiyning e’tirof etishicha, axloqiy normalar 
inson xulq-atvorini, xatti-harakatini tartibga solib turadi. Shuning 
uchun ham, ijobiy axloqiy xislatlar barchaning ijtimoiy qiyofasi- 
dan mustahkam o‘rin egallashi darkor. U ana shunday axloqiy 
xislatlar sirasiga: sabr, hayo, iffat, pokizalik, sobitqadamlilik, 
saxiylik, saxovat, rostgo‘ylik, shijoat, kamtarlik, hushyorlik, 
himmat, diyonat, vafo, andisha, izzat-hurmat kabilarni kiritadi. 
Ushbu axloqiy xislatlar inson ijtimoiy fazilatlarining qaror topishida 
hal qiluvchi ahamiyatga ega bo'ladi, deydi.
Koshifiyning ishontirishicha, insonning eng muhim axloqiy 
fazilati adolatdir. Agar adolat inson uchun eng muhim, mutlaq 
axloqiy fazilat bo‘lsa, insonning boshqa fazilatlari uning xiz- 
matkoridir, deydi. Adolat tushunchasini har tomonlama asoslab 
berishga harakat qiladi. Xususan, adolat insonning axloqiy 
barkamolligini ifodalovchi eng muhim fazilat bo'lsa, adolatsizlik
— inson axloqsizligi tubanlashganligini ifodalovchi alomatdir. 0 ‘z 
navbatida, adolat kishilar o'rtasidagi tenglikni, bir toifa kishi- 
larning boshqa toifa kishilar ustidan tazyiq o ‘tkazmasligi, 
zo'ravonlik qilmasligini ifoda etuvchi ko‘rsatkich vazifasini ham 
bajaradi. Adolatning qudrati Qur’oni Karim va Shariat qonun- 
qoidalariga amal qilish bilan o'lchanadi.
Adolat, o‘z navbatida, davlatni oqilona boshqarayotgan hukm- 
dorlar faoliyati o'lchovchi mezondir. Shuning uchun Koshifiy 
adolatni mamlakat farovonligi, boyligi, xazinaning ma’murligi, 
shahar va qishloqlaming obodligi bilan bog‘laydi. Qayerda adolat­
sizlik hukm suisa, o‘sha yerda mamlakat inqiroz, tanazzulga uchraydi.
Husayn Voiz Koshifiyning fikriga asosan, axloq aqlga 
bo‘ysunishi darkor. Inson xush axloq-odobga ega boimog‘i uchun 
tinimsiz ilm-fanni egallashi lozim. Fanlar — nazariy va amaliy
263


fanlaiga bo'linadi. Inson axloqiy qiyofasining shakllanishida amaliy 
fanlar muhim ahamiyatga ega bo'ladi. Uning tushuntirishicha, 
fanlar uch turkumga bo‘linadi. Birinchi turkumga kasb-hunar 
malakalarini shakllantiruvchi fanlarni kiritadi. Ushbu fanlar 
yordamida insonda kasb-hunar malakalarini aks ettiruvchi pro­
fessional qiyofa hosil bo‘ladi. Ikkinchi turkumga kiruvchi fanlar
— inson kuzatishi bilan bog‘liq. Kuzatishga asoslangan fan hech 
qanday dalil, isbotni talab qilmaydi. Uchinchi turkumga — ilo­
hiy fanlarni kiritadi.
Xurosonlik olimning fikricha, ilm-fanni inson mol-u dunyo 
to ‘plash uchun ishlatmasligi, balki odamlarning kundalik tur- 
mushi, yashashi uchun xizmat qildirishi lozim. Ilm-fan qadr- 
qiymati amaliyot uchun, kishilarning turli ehtiyojlarini qondirish 
uchun qo‘shgan ulushi bilan belgilanadi. U bilim bilan ama­
liyot birligini ta ’minlash yo'llari, uslublarini izlaydi. Lekin ilm- 
fan bilan amaliyot birligini ta’minlash yo‘llari, uslublarini aniq 
belgilab bera olmaydi. Koshifiy amaliyot deganda kishilar ta’lim- 
tarbiyasini tushunadi. Shuning uchun bo‘lsa kerak, yoshlar tar­
biyasiga ko'proq e’tibor beradi. Bolalarni yoshligidan kasb-hu- 
narga o‘rgatish zarur, buning uchun esa har bir tarbiyachi o‘zi 
tarbiyalayotgan bolaning yaxshi yoki yomon odatlarini aniq bilib 
olmog‘i zarur, deb hisoblaydi.
Koshifiy kishilarni besh guruhga bo'ladi. Birinchi guruhga 
mansub kishilar o‘z tabiati, kelib chiqishiga asosan yaxshi, 
ezgu, savob ishlar qilishga moyil bo'ladilar. Bunday kishilarni 
hamisha qo‘llab-quwatlash zarur. Ikkinchi guruhdagi kishilar 
faqat o‘zi haqida o‘ylaydi, boshqalarga hech foydasi tegmaydi. 
Bunday kishilarni ham qadrlash, ularni xayrli ishlar qilishga 
da’vat etish lozim. Uchinchi guruhga mansub odamlar jamiyatga 
na foyda, na ziyon yetkazadilar. Bunday kishilarni yaxshi ham, 
yomon ham deb bo‘lmaydi. Ularni yaxshilik qilishga, yomon- 
likdan qochishga chorlash darkor. To‘rtinchi guruhga kiruvchi 
kishilar birovga yomonlik qilmasalarda, tanbeh berishga loyiq 
odamlar hisoblanadi. Beshinchi guruhga axloqsiz-odobsiz, yovuz 
odamlarni kiritadi. Bunday kishilarga nisbatan jazo choralarini 
qo'llash va ularning tarbiyasi bilan shug'ullanish lozim, deydi.
Naqshbandiya qoidalarini umuminsoniy madaniyatning yuk­
sak durdonasi, umumbashariy qadriyat darajasiga ko'tarishda
264


Sharqning mashhur shoiri, ulug‘ gumanist Alisher Navoiyning1 
xizmatlari beqiyosdir. Abdurahmon Jomiy, Husayn Voiz Koshi­
fiy qarashlarini har tomonlama rivojlantirgan buyuk mutafakkir, 
davlatni boshqarishda umuminsoniy axloq normalarining muhim 
ahamiyatga ega ekanligini yangi dalillar bilan boyitdi.
Alisher Navoiyning ta’riflashicha, davlat boshida turgan rah- 
bar sharoitga qarab ish yuritishi, zarur bo‘Isa yumshoq, lozim 
b o ‘lganda qattiqqo‘1, «yaxshiga-yaxshi-yu, yomonga-yomon» 
bo‘lmog‘i, shoshma-shosharlikka yo‘l qo‘ymasligini, ayniqsa, jazo 
tayinlash va uning ijrosida hushyor bo‘lishni, xususan, ozgina 
ayb qilib qo‘ygan gunohkorga me’yoridan ortiq jazo bermaslik- 
ni, mabodo, gunohkor qatl etiladigan bo'lsa, ijroni mumkin 
qadar kechiktirib bajarishni, chunki aybdor o'lganidan so‘ng 
uni tiriltirib bo‘lmasligini uqtiradi2.
Navoiyning fikriga ko'ra, davlatni boshqarayotgan hukmdor 
yaxshilik, ezgulik bilan nom chiqarishi, savodxon, ilmli, xusu­
san, tarixni yaxshi bilishi, eng muhimi — axloqan pok bo'lishi 
zarur. Jamiyatni boshqaruvchi kishi uchun adolatparvarlik o‘ta 
zarur xislat ekanligini qayta-qayta takrorlaydi. Shoir shahzo- 
dalarga qaratilgan pand-u nasihatlarida adolat normalariga qat’iy 
rioya qilishni maslahat beradi. Fuqarolarning arz-dodlariga diqqat 
bilan quloq solish lozim ekanligini aytadi.

Yüklə 3,66 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   191   192   193   194   195   196   197   198   ...   318




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin