kabi asarlarida bayon etilgan. Uning fikriga muvofiq, insonni
Xudo yaratgan. Insonning yaratilish jarayonini tushuntirishda
Jomiy neoplatonizm (yangi platonizm) pozitsiyasida turadi.
Boshqacha aytganimizda, Platonning emanatsiya nazariyasini
qo ‘ llab-quwatlaydi.
Jomiy
0
‘zining «Lavoyiq» («Lavhalar») va «Sharqi Ruboi-
yot» asarlarida olamdagi barcha narsalar (jumladan, inson ham)
bosqichma-bosqich Xudodan emanatsiya yo‘li bilan kelib chiqqan-
ligi to‘g‘risidagi qarashlarini bayon etgan. Xususan, olamning
Xudodan kelib chiqqan besh asosiy bosqichini aniqlab beradi.
Emanatsiyaning beshinchi bosqichida awalgi bosqichlar birla-
shib, ya’ni ruh bilan moddiylik qo'shilib, bir-biriga singib ketib,
yagona borliqni tashkil etadi.
Abdurahmon Jomiy o‘zining «Bahoriston» asarida1 Sa’diy
Sheroziyning inson to‘g‘risidagi qarashlarini davom ettirib, in
sonning insoniyligini ifodalovchi mezonlar tizimini yaratishga
urinib ko‘radi. Uning fikricha, ana shunday mezonlardan biri
saxovatdir. Xurosonlik mutafakkiming ta’kidlashicha, saxovat, eng
awalo, saxiylikda, qo'li ochiqlikda yaqqol namoyon bo'ladi.
Saxovat qandaydir bir shart, talab, shuhrat orttirish yoki obro‘-
e’tibor izidan quvish evaziga bo‘lmasligi zarur. Bunday saxovat,
turgan gapki, saxovat emas, balki savdogarlik bo‘ladi.
Dostları ilə paylaş: