Bordurur inson zotida ancha sharaf, Kim yamon axloqni etsa bartaraf. Navoiyning fikricha, barkamol insonning barcha fazilatlari,
xislatlarining asosida imon yotadi. Imonlilik esa, eng awalo,
insonda namoyon bo‘ladi. Shoir yozganidek:
Kimdaki insof y o ‘q — inson emas. Insofli, diyonatli insonga xos xislatlardan biri erkinlikdir. Bun
day kishi uchun erkin fikr yuritish, boshqacha aytganimizda,
aql va ko‘ngil ozodligi har qanday saltanat, toj-u taxtdan ba-
landroqdir. Shoir aytganidek:
Har kishi komil erur bas anga Haq bandaligi, Mundin o ‘zga tamai kasbi kamol aylamangiz .
Shoir barkamol insonni Xudo darajasiga ko'taradi. Chunki
barkamol inson — mustaqil fikrlash qobiliyatiga ega, u hech
kimdan qo‘rmaydi. Mustaqil fikr yuritish, aql-farosat bilan birga
o‘zida barcha insonniy fazilatlar, xislatlarni mujassamlashtirgan.
Navoiyning e’tirof etishicha, barkamol inson ma’naviy va
ruhiy zulmga, kamsitilishlarga chiday olmaydi. Chunki bunday
kishi hamisha el-yurt tashvishi bilan yashaydi, odamlar dardini
o ‘ziga dard deb biladi. Hamma narsadan inson degan zotning
manfaatini ustun qo'yadi.
Alisher Navoiyning tushuntirishiga * qaraganda, insonning ax
loqiy tubanlashuviga sabab bo'layotgan illatlardan biri — nafsni
tiya bilmaslikdir. Inson tabiatida xudbinlikning vujudga kelishi ham
nafsning kasofatidir. Faqat nafsni tiyish, sabr-qanoat — insonni
har qanday kasofatlardan, axloqsizliklardan saqlab qoladi1:
«Ko'ngilni shubha, tahlika, mashaqqat, kulfatlarga to'ldirib qandli
kulcha yegandan ko‘ra, tinch va farog‘atli ko‘ngil ЬДап yovg'on
umoch ichgan afzal». Navoiy qarashlarida qanoat — insonning
eng muhim axloqiy xislati sifatida har tomonlama ulug‘lanadi.
Navoiy talqinida sabr-qanoat shunday bir chashmaki, uning
suvi hech qachon qurimaydi, bir xazinaki, sarf etgan bilan
kamaymaydi. Shunday bir ziroatgohki, urug‘idan izzat va shafqat
hosili unadi. U go‘yo bir daraxtki, uning shoxida hurmat mevasi