O zbekiiton fayi a L l I lari 4illiy jamiyaii nashkiyol


Alisher N avoyi. Muhbub ul-qulub. Toshkent, 1983, 78-bet



Yüklə 3,66 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə200/318
tarix28.11.2023
ölçüsü3,66 Mb.
#169347
1   ...   196   197   198   199   200   201   202   203   ...   318
Inson falsafasi. Choriyev A

1 Alisher N avoyi. Muhbub ul-qulub. Toshkent, 1983, 78-bet.
268


pishadi. U kishi qalbini shubhalardan tozalaydi, ko'ngliga ham, 
ko‘ziga ham ravshanlik yetkazadi. Qattiq non yeb turgan qanoatli 
darvish, yuz turli noz-ne’matlar bilan ovqatlanadigan ta’magir 
shohdan ming marta ustundir.
Alisher Navoiyning fikriga muvofiq, fuqarolar odob-u axlo- 
qini shakllantirishda yurt kezar savdogarlarning xizmatlari katta 
b o ‘lm og‘i 
lozim. 
U lar 
nafaqat 
tijorat 
ishlari 
bilan 
shug'ullanishlari, balki dunyo donishmandlarini ham izlab topish- 
lari, ularning oqilona suhbatlaridan bahramand bo‘lishlari, eng 
yaxshi insoniy fazilatlarini, xislatlarini, urf-odatlarini ham o‘z 
yurtlariga olib kelmoqlari darkor. Shoir turmushning turli qiy- 
inchiliklariga mardona bardosh berib, o‘z umrini uzoq va omonsiz 
xavf-xatar, iztirob, ranj, uqubatlarga tashlab, halol rizq topgan 
savdogarni olqishlaydi. Lekin musofirlik, safar iztiroblari va 
tashvishlarini tortmasdan, muayyan manzilda turg'un va osoy- 
ishta yashab, tayyor molni arzon olib, qimmat sotuvchilarni 
Navoiy tijorat ahli deb atashdan saqlanadi.
Shunday qilib, Alisher Navoiy asarlarida insonning ruhiy- 
ma’naviy kamolotga yetish jarayoni har tomonlama tahlil etildi. 
Bunday murakkab jarayon tahlilida sharqona fikrlash madaniya- 
tida keng tarqalgan zohiriylik va botiniylikning o‘zaro aloqador- 
ligidan ustalik bilan foydalandi. Shuning uchun Navoiy asarlari 
zohiriy va botiniy mazmunga egaligi bilan ajralib turadi. Chu- 
nonchi, «Farhod va Shirin», «Layli va Majnun» idostonlari 
o‘zining ichki botiniy mazmuniga ko‘ra, insonning barkamollik 
darajasiga ko‘tarilishining badiiy ifodasidir. Farhod va Majnun — 
Olloh husniga oshiq bo‘lgan darvish suratidir, insonning ha- 
qiqatga erishish jarayonining badiiy shakldagi ifodasidir.
Alisher Navoiy asarlarida foydalanilgan turli rivoyatlar, naqllar
— zohiriy bir libos edi. Aslida insonning ruhiy-ma’naviy kamolotga 
yetish jarayonini kuylash — shoiming asosiy maqsadi edi. Navoiy 
tarannum etgan ishq-muhabbat tasawufiy mazmunga ega bo'lib, 
insonning ongi va faoliyatida bo‘ladigan sifatiy o‘zgarishlami 
Olloh nuri chig‘irig‘ida ko'rish, ushbu jarayonni qalb ko‘zi 
bilan mushohada qilishning ifodasidir. Farhod, Shirin, Layli, 
Majnunlar murakkab yo‘lni bosib o‘tib, haqiqatga yetib kelgan 
orif kishilar timsolidir.
Yuqoridagi fikr-mulohazalardan ko‘rinib turibdiki, musul-
269


mon ijodkorlari asarlarining o'ziga xos eng muhim xususiyati — 
uning ko‘p ma’noliligidir. Aniqroq qilib aytganimizda, Sharq 
tafakkurida ko‘p ma’nolilik — matnning zohiriy va botiniy ma’noga 
ega ekanligidir. Sharq mutafakkirlari ko‘p ma’nolilik yordamida 
o‘zlarining olam va odam to ‘g‘risidagi, ayniqsa, barkamol inson 
to‘g‘risidagi qarashlarini johil, nodon kimsalar, hokim-u amal- 
dorlardan pinhon saqlaganlar. 0 ‘z fikr-mulohazalarini turli hay- 
vonlar va qushlar tilida rivoyatlar, naqllar yordamida bayon 
etganlar. Tashqi tom ondan (zohiran) sayoz, yuzaki bo‘lib 
ko‘ringan bunday asarlar, ichki tomondan (botinan) katta 
mazmun va ma’noga ega bo'ladi.
Naqshbandiya ta’limotida nafaqat sharqona musulmon axloqi- 
ga xos, balki umuminsoniy axloq talablari asosida faoliyat 
ko'rsatayotgan barkamol insonning tashqi va ichki qiyofasining 
go'zalligini turli bo‘yoqlar yordamida tasvirlashga alohida e’tibor 
berildi. Ma’lumki, insonning o‘ziga xos eng muhim xususiyat­
laridan biri — u hamisha go'zallik tomon talpinib yashaydi. 
Go'zallikdan lazzat olishga shoshiladi. Shuning uchun ham in­
son bisotidagi go'zallik tomon intilish his-tuyg‘usini ta’riflash 
o‘rta asr musulmon falsafasining, adabiyotining asosiy mavzu- 
laridan biri edi. Shoirlar, yozuvchilar bunday his-tuyg‘uni 
ta’riflashda o'zlarining jozibali so‘zlari bilan fidoyilik ko'rsatgan 
bo‘lsalar, m usaw irlar bunday his-tuyg‘uni tavsiflashda turli 
ranglardan foydalandilar.
Musulmon falsafasida mo'yqalam sehri bilan go'zallik, na- 
fosat olamida mo‘jiza yaratganlardan biri Kamoliddin Behzoddir1. 
Sharqning mashhur musawiri ijodining bosh mavzusi — inson­
ning quvonchlari va tashvishlarini, uning ijtimoiy qiyofasini 
tasvirlashga qaratilgan. Ayniqsa, portret janrida yaratilgan asarlari 
hajm jihatidan Yevropa musawirlarinikidan kichikroq va uslub

Yüklə 3,66 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   196   197   198   199   200   201   202   203   ...   318




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin