Uning ta’kidlashicha, haqiqiy ilm egasi, birinchi galda kam-
tarin bo‘lmog‘i, murodga yetay desa «Haq rizosi» uchun ilm
egallamog‘i lozim1. Kibr-u havoga berilgan riyokorlar esa ilmdan
benasib, haqiqatdan yiroqdir. Shoir ilmni kishi qo‘lidagi sha’mga
qiyoslaydi va ilmsizlami qorong‘ida yo‘l topa olmay yurgan kim-
salarga o'xshatadi, fuqarolami ilmli, bilimli odamlar gapiga quloq
solishga chaqiradi. Faqat johil, nodon kimsalar haqiqiy olim
so‘ziga quloq solmaydilar, ularga ilm haqida gapirmoq «tomirsiz
shoxga» suv quyish bilan barobardir, deb yozadi.
So‘fi Olloyoming tushuntirishicha, jamiyat ma’naviyatining
holati ayol odob-axloqi bilan o'lchanadi. Chunki ayol — jamiyat
asosi hisoblangan oila negizini tashkil etadi. Ayol qancha odobli-
axloqli, yaxshi fazilatli bo'lsa, oila shuncha ma’rifatli bo‘ladi. Oila
qancha ma’rifatli bo‘lsa, jamiyat shuncha madaniyatli bo‘ladi. Yaxshi
ayol nafaqat oila, balki dinning kamolotidir. Odobli-axloqli ayol-
larda poklik, vafodorlik, sadoqat, qanoat kabi fazilatlar jamul-
jam bo'ladi. Yaxshi xulq-atvorli ayol tiliga ko'p erk bermaydi.
Uning «suchuk lafzi» xonadonga doimo osoyishtalik bag‘ishlaydi.
Oilada, ro‘zg‘orda qanchalik tashvish ko‘p bo‘lmasin, hayotning
tashvish-u quvonchlarini zukkolik bilan anglaydigan oqila ayol
hech qachon qahri-g‘azabini sochmaydi. Bunday fahm-u faro-
satli, ibo va sadoqatda o‘mak xotinlarni, shoir jannati ayollar,
deydi. Yomon ayollami esa shaytonga o‘xshatadi.
So‘fi Olloyorning e’tirof etishicha, har bir ayol quchog‘ida
shayton bor. Ayoldagi shaytoniy «unsurlar»dan hushyor bo‘lishga
chaqiradi. Xotinlarni shariat izmiga solish, ular bilan muomala-
munosabatda erkaklami qat’iyatli-qattiqqo‘l bo‘lishga chorlaydi.
«Nomahram nazar solgan» xotinni, garchi u har qancha «bu-
zurgzoda» bo‘lsada, to‘rt oyoqli hayvonga o‘xshatadi.
So‘fi Olloyorning barkamol inson to ‘g‘risidagi fikr-muloha-
zalari yangiqo‘rg‘onlik (G'allaorol) maktabdor shoir Ubaydulla
Alamkash tomonidan yanada rivojlantirildi. Xususan, Alamkash
faylasuf shoir So‘fi Olloyorning 18 g‘azaliga muxammas
bag‘ishladi.
XVII asrning ikkinchi yarmi va XVIII asr boshlarida mu
sulmon falsafasida bayon etilgan inson to ‘g‘risidagi fikr-mulo-
hazalarning ratsional asoslarini aristotelizm g‘oyalari bilan mus-
Dostları ilə paylaş: