O zbekiiton fayi a L l I lari 4illiy jamiyaii nashkiyol


' Frensis Bekon 1561-yilda Angliyada muhr saqlovchi lord oilasida tug'ilgan



Yüklə 3,66 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə216/318
tarix28.11.2023
ölçüsü3,66 Mb.
#169347
1   ...   212   213   214   215   216   217   218   219   ...   318
Inson falsafasi. Choriyev A

' Frensis Bekon 1561-yilda Angliyada muhr saqlovchi lord oilasida tug'ilgan.
Kembrij universitetini tugatgan. Angliya parlamentida muhr saqlovchi, davlat kansleri
bo'Iib ishlagan. Umrining oxirida ilmiy-tadqiqot ishlari bilan shug'ullangan. 1626-
yilda vafot etgan. Uning inson to ‘g‘risidagi qarashlari «Axloqiy va siyosiy ocherk-
lar», «Yangi Organon» asarlarida bay on qilingan.
289


Frensis Bekonning ta’kidlashicha, insonning mohiyatini, tana 
bilan jonning birligi tashkil etadi. Inson joni tanadagi asablar, 
arteriyalar bo'ylab suzib yuradi, ya’ni harakatda bo‘ladi. Uning 
bir uchi, shubhasiz, miyaga borib taqaladi. Shuning uchun 
ham, inson tanasi bo‘ylab harakat qilib turgan jon — moddiy 
substansiyadir, ya’ni «haqiqiy materiya»dir. U bamisoli olov va 
havoga o‘xshaydi.
Uning fikriga muvofiq inson, «tabiatning sharhlovchisi va 
xizmatchisidir»1, o‘z turmushining chinakam egasi bo‘lishi 
mumkin bo‘lgan qudratdir. Frensis Bekon o‘zining «Yangi 
Organon» (1620) asarida insonning tabiat ustidan hukmron 
bo‘lishida fan yutuqlariga tayanish zarur ekanligini har to ­
monlama isbotlab berdi. Fanni har tomonlama rivojlantirish, 
xususan, insonning tabiat ustidan hukmronligini ta ’minlamoq 
uchun fan tabiatda ro ‘y beradigan turli hodisalar sodir 
bo‘lishining haqiqiy sabablarini payqab olishi darkor. Fan 
hodisalar, voqealar sodir bo‘lishining haqiqiy mohiyatini ochib 
berish uchun uni yaxshi metod bilan qurollantirish, buning 
uchun tadqiqot uslublarini isloh qilish zarur, deb hisoblaydi. 
Olam to ‘g‘risidagi turli m a’lumotlarni umumlashtirishning eng 
muhim vositasi induksiya, deb tushunadi. Bekonning fikriga 
ko‘ra, hodisalar, voqealar, jumladan, insonning shakllanish 
jarayonini bilishda ham fan induksiya uslubi bilan qurollanishi 
zarur.
Bekonning fikriga ko‘ra, inson analitik fikr yuritish, ya’ni 
har tomonlama tahlil qilish orqali olamdagi hodisalar, vo- 
qealarning haqiqiy mohiyatini bilib olmog‘i zarur. Buning uchun 
esa, tajriba orqali olingan ma’lumotlarni o ‘zining fahm-farosati
fikr-mulohazasi chig‘irig‘idan o ‘tkazmog‘i, ulardan umumiy 
hukmlar, xulosalar chiqara bilmog‘i darkor. Shuning uchun ham, 
chinakam tadqiqotchi faqat turli fakt va raqamlar, dalillarni 
to ‘plash bilan chegaralanib qolmasligi, balki ulardan aniq 
hukmlar, xulosalar chiqarish malakasiga ega bo‘lmog‘i darkor, 
deb hisoblaydi.
Ma’rifatparvarlik g‘oyalari xazinasiga munosib ulush qo‘shgan

Yüklə 3,66 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   212   213   214   215   216   217   218   219   ...   318




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin