XIX asrning birinchi yarmida barkamol
inson haqidagi fikr-
mulohazalami, andijonlik shoira Nodira (1792—1842-y.), maig‘ilonlik
shoira, muallima Jahon otin Uvaysiy (1779—1845-y.), o'ratepalik
maktabdor shoira Dilshod Bamo (1800—1905-y.) va uning sho-
girdi Anbar otinlar (1870—1915-y.) ijodida ko'rish mumkin1.
XIX asrning birinchi yarmida vatandosh shoiralar ijodini
e’tibor berib o‘rgansak, ularning asarlaridagi eng asosiy mavzu
— inson taqdiri,
uning kelajagi, turli millatga, elatga mansub
kishilarning tengligi, erkinligi, birodarligi haqida qayg‘urish
ekanligiga guvoh bo‘lamiz.
Insonning jismoniy kamoloti, ruhiy-
ma’naviy yetukligini ta’minlashda bilimning, ilmning, aql-zako-
vatning ahamiyati beqiyos ekanligini tushuntirib berishga hara
kat qilganliklariga ishonch hosil qilamiz. Jamiyatda ayolning rolini
oshirish, ayollar bilan erkaklarning
haq-huquqlarini tenglash-
tirish yo'llarini izlaganliklarini darrov ilg‘ab olamiz. Shoiralar-
ning ta’kidlashlaricha, inson jamiyatda mavjud bo'lgan har qan
day muammolarni bartaraf etishga, hatto o‘zini o‘zi o'zgartirishga
qodir bo'lgan qudratdir.
Tasaw uf falsafasi bilan yaxshi tanish bo‘lgan Nodira, Uvay
siy, Dilshod va Anbar otin kabi shoiralar, muallimalar o ‘z
asarlarida insonni har tomonlama e’zozladilar. Uni tabiat yarat-
gan noz-u ne’matlardan bahramand bo'lishga chaqirdilar. In
sondagi do‘stlik, vafo, sadoqat, halollikni kuyladilar.
Barkamol
insonning m a’naviy-axloqiy qiyofasini xayolan yaratishga urindi-
lar. Ularning fikriga muvofiq, inson ma’naviy-axloqiy qiyofasini
ifodalovchi eng muhim fazilat — sof muhabbatdir. Shuning uchun
zohidlardan, qalandarlardan farqli o‘laroq,
haqiqiy vafodor,
muhabbatga sadoqatli kishi xislatlarini aniqlab berishga urinib
ko‘rdilar. Mehrsiz, vafosiz, toshbag'ir, muhabbatni qadrlamay-
digan kishilardan nafratlandilar.
Ular muhabbatni keng ijtimoiy ma’noga ega bo'lgan, inson
ning insoniyligi, ma’rifatli ekanligini ko'rsatadigan mezon, deb
tushundilar. Chinakam insoniy muhabbatni ayrim zohidlar, qa-
landarlardek dinga qarshi qo‘ymadilar,
aksincha, muhabbat ziynati
bo‘lgan vafo, sadoqatni, inson ichki dunyosida sodir bo'layotgan
o‘zgarishlami har tomonlama chuqur tahlil qilib, turli badiiy
bo‘yoqlar yordamida tasvirladilar.
Chinakam vafodor, sadoqatli,
Dostları ilə paylaş: