Maxtumquli o‘zining she’rlarida insonni hamma narsadan,
olamdagi barcha mavjudot va maxluqotdan ustun qo‘ydi‘. Sharq-
ning
buyuk mutafakkirlari Rudakiy, Sa’diy, Nizomiy, Fuzuliy,
Jomiy, Navoiy an’analarini davom ettirib, insonni ulug‘ladi.
Tabiatda mavjud bo‘lgan barcha boyliklar insonga xizmat qilishi
zarur, inson chinakam farovonlikka u dunyoda emas, bu dunyoda
erishmog‘i darkor, degan g‘oyani ilgari surdi.
Uning fikricha,
bu dunyoda adolat, insof hukmronlik qilmog‘i darkor. Kishilar
faoliyati ijtimoiy adolat norm alari, prinsiplari tarozisida
o‘lchanishi, baholanishini orzu qildi.
Fuqarolar faoliyatini ba-
holashda adolatsizlik qilgan, faqat o ‘z manfaatini
o ‘y l a g a n
o'zboshimcha beklar, to ‘ralar, oqsoqollarni qattiq tanqid qildi.
Jafokash xalq manfaatiga befarq qaragan ijtimoiy-iqtisodiy tu-
zumga nisbatan norozilik bildirdi. Zolim beklar,
noinsof boylar,
bosqinchi xonlar qilmishlarini g‘azab bilan fosh etdi2.
Maxtumquli turli urug‘larga bo‘linib yashayotgan turkman
xalqini birlashtirishga urinib ko‘rdi. Bunday olijanob maqsadga
erishmoqning yagona yo‘Ii har bir qabila ichidagi ahillik, bir-
biriga ishonchni barqaror etishdir, deb tushundi.
Arzimagan kichik
xusumat uchun bir qabila ikkinchi qabiladan o‘ch olishi, qirpi-
choq bo‘lib talashishini qoraladi. Bunday qabohatni nodonlik,
ko'rlik belgisi, deb baholadi. Uning tarqoq turkman qabilalarini
yagona davlatga birlashtirish orzusi o‘z zamonasi uchun niho-
yatda katta ahamiyatga ega edi3.
Maxtumquli jamiyat kelajagi xotin-qizlar bilan bog'liq deb
o‘ylardi.
Shuning uchun ham, xotin-qizlar ozodligi, erkinligi
haqida ko‘p bosh qotirar edi. Xotin-qizlarning kamsitilishi,
xo‘rlanishini, ular haq-huquqlarining poymol qilinayotganligini
ko‘rib qattiq aziyat chekardi. Munis
va muhtarama ayolni himoya
qilishga urinar edi. U xotin-qizlami erkaklarning doimiy ham-
rohi, hamfikri, ular kuchiga kuch, quwatiga quwat qo‘shadigan,
hayotiga bezak beradigan jonkuyar yaqin kishisi, deb bilardi.
Ayollardagi
odob-u ikromni, soddalik va muloyimlikni, kam-
tarin va olijanoblikni sharaflardi4.
Dostları ilə paylaş: