tahkamlashda Sharqning mashhur faylasuf! Mirza Abdulqodir
Bedil1 va uning izdoshlari munosib hissa qo'shdilar.
Mirza Bedilning inson to ‘g‘risidagi qarashlari asosida O'rta
Osiyo mamlakatlari, Eron va Hindistonda keng tarqalgan «vah-
dati mavjud» ta’limoti yotar edi. Vahdati mavjud panteizmning
yirik oqimlaridan biri bo‘lib, ushbu ta ’limot tarafdorlarining
fikriga ko‘ra, hamma narsa Xudoda o‘z ifodasini topganidek,
Xudo ham hamma narsada o‘z ifodasini topadi. Vahdati mavjud
oqimi namoyandalari koinot abadiyligi, uni hech kim yaratma-
ganligini tan oladilar. Olam bilan odam, moddiylik bilan
ma’naviylik birligiga, o‘zaro aloqadorligiga ishonardilar. Xudo
koinot va olamni o‘zida mujassam qilgan, deb biladilar. Mirza
Bedil inson to‘g‘risidagi fikr-mulohazalarini xuddi shu mavqedan
turib bayon qiladi. Olamdan tashqarida turuvchi har qanday
ilohiy kuchni rad etadi. Olam yagona butun bo‘lib, Xudo ham
ana shu yagona birlik ichida bo‘ladi. Boshqacha aytganimizda,
Bedil fikriga muvofiq, olam bir butun bo‘lib, moddiy narsa-
larni ham, ma’naviy narsalarni ham o'ziga qamrab oladi. Odam
esa, o‘sha real borliqning, koinotning mahsulidir.
Mirza Bedil o ‘zining «Chor unsur» kitobida butun olam
asosida havo yotadi, degan bo‘lsa, «Irfon» kitobida havo barcha
mavjudotning yaratuvchisidir (vujudi mavjud), deb ta’kidlaydi.
Uning fikriga ko‘ra, olamdagi tirik maxluqotlar ichida faqat
inson olamni bilishga qodir. Bilish esa murakkab jarayon bo‘lib,
o‘z taraqqiyotida ikki yirik: hissiy va aqliy bosqichlarni bosib
o‘tadi. Bilishning birinchi — hissiy bosqichi borliqning tashqi
ta’siri natijasida hosil bo'ladi. Hissiy bilish bosqichida, asosiy
rolni inson sezgilari: hidlash (shoma), ko‘rish (binoi), ta’m
tuyg‘usi — maza (zoika), eshitish (shunidani) va teri sezishi —
paypaslashni (lomisa) xizmati beqiyos ekanligini tushuntirib
Dostları ilə paylaş: