Mirza Bedil o ‘z asarlarida zamondoshlari faoliyatini kuzatib,
ba’zi birovlar inson degan ulug‘ nomga dog‘ tushirayotganligi,
amal, mansab, boylik, manmanlikning quli bo‘lib qolayotgan-
ligini kuyinib tasvirlaydi. Qqibatda,
insonning buyukligi uning
boyligi va amali bilan belgilanadigan bo‘ldi. Inson o‘zligini
yo‘qotishi tufayli vujudga kelgan bunday fojia mutafakkirni taaj-
jubga soldi. Insonni asliga — buyukligiga qaytarmoqchi bo‘ldi.
«Irfon» dostonida ta’kidlaganidek, inson insoniyligini ifo
dalovchi, uni buyuklikka ko‘taruvchi barcha fazilatlar, xislatlar
insonning o ‘zida mavjud.
Hatto jannatni ham, do‘zaxni ham
boshqa joydan emas, insonning o‘zidan izlash lozim. Inson
qanchalik yaxshi fazilatlar urug‘ini eksa, ular jannat mevalari
belgisidir.
Agar yomon ishlami bajarsa, yomon ishlarga rahnamolik
qilsa, unda, shubhasiz, do‘zaxga eshik ochiladi, deb ta ’kidlaydi.
Mirza Bedil o‘zining «Ruboiyot» asarida,
inson xulq-atvoridagi
fazilatlar, xislatlar, salbiy illatlarni tahlil qilishdan muddao,
unga yaxshilik qilishni, ezgu ishlar bilan shug‘ullanishni o‘rgatish,
yomonliklardan
xalos qilishdir, deb uqtiradi. Inson ongi va faoli
yati orasidagi o‘zaro aloqadorlikni o'rganuvchi insonshunos
tadqiqotchilarni ushbu murakkab fenomenni milliy yoki diniy
mansublik nuqtayi nazardan emas, balki
umuminsoniy qadriyatlar
qarichi bilan tahlil qilishga chaqiradi. Inson diniy, irqiy, milliy
mansubligidan qat’i nazar, u eng buyuk hurm at-e’tiborga molik
oliy qadriyat ekanligini ta’kidlaydi.
Mirza
Bedil fikricha, dunyoning tinchligi-yu, obodligi ham,
tashvish-u quvonchlari ham insonning o‘ziga bog‘liq. Shunday
ekan, inson o‘zining
buyukligini namoyon qilib, bu dunyoni
obod-farovon qilmog‘i, do‘stlik, birodarlik, hamkorlik maska-
niga aylantirmog'i lozim.
XVII asrning ikkinchi yarmi va XVIII asr boshlarida mu
sulmon falsafasida barkamol inson g‘oyalarini aholi orasida targ‘ib
va
tashviq qilishda, mashhur turkman shoiri Maxtumquli —
Firog‘iy fidoyilik qildi1.
Dostları ilə paylaş: