darkor. Har qanday bilim yoki g‘oyaning manbai tajribadir»1.
Lekin tajribadan hosil bo‘lgan g‘oyalar bilim uchun mate-
rialdir, xolos. G ‘oyalarning bilim darajasiga ko‘tarilmog‘i uchun
uni farosat chig‘irig‘idan o ‘tkazib, qayta ishlov berish darkordir.
Ana o‘shanda oddiy g‘oyalar o‘zgarib, haqiqiy bilimlarga ayla-
nadi.
Jon Lokk «Aqlni boshqarish haqida» (1706-y.) asarida
ta’kidlaganidek, inson — faoliyat ko‘rsatuvchi mavjudotdir. In
son faoliyat ko‘rsatishda o‘z aqlida mavjud bo‘lgan bilimlarga
tayanadi. Tabiiyki, insonning barcha jabhadagi faoliyatini aql
o‘zining ko‘zga ko‘rinmas kuchi bilan boshqaradi. Qalb aqlga
quloq soladi, unga ergashib boradi va unga bo‘ysunadi. Shuning
uchun ham ingliz mutafakkiri insonning aqliy kamoloti haqida
doimo qayg‘urish, uni yangi bilimlar bilan qurollantirib turish-
ga da’vat etadi2. Aqlni yangi bilimlar bilan qurollantirmoq uchun
inson o‘zining fikr yuritish malakasini doimo takomillashtirib
turishi lozim ekanligini uqtiradi. Fikr yuritish malakasini ta-
komillashtirish yo‘llarini va uslublarini aniqlab berishga intiladi.
Lokk fikr yuritish malakasini shakllantirish uchun har bir
dalildagi umumiylikni aniqlash, butun tajriba m a’lumotlari
yig‘indisini yaxlit deb qarash (butun va bo‘lak aloqadorligi),
qandaydir turli-tuman g‘oyalar kombinatsiyasini vujudga kelishiga
yo‘l qo‘ymaslik (anologiya, assotsiatsiya) kabi uslublar va usul-
lar yordamida narsalar tabiati to‘g‘risida aniq bilimga ega bo‘lish
mumkinligini ko‘rsatadi.
Lokk fikriga asosan, inson aqlining yangi bilimlar bilan
boyib borishida mustaqil o‘qib-o‘rganish katta ahamiyatga ega
bo‘ladi. Mustaqil o‘qib-o‘rganmoq, ya’ni mustaqil bilim olmoq
uchun har bir kishi mustaqil fikr yuritish malakasiga ega
bo‘lmog‘i lozim. Uning o‘tkirlanishining birdan-bir yo‘li —
mustaqil o‘qib-o‘rganishdir.
Jon Lokk inson jismoniy va ma’naviy qiyofasining shaklla
nishida tarbiya muhim ahamiyatga ega ekanligini isbotlab berdi.
Uning tushuntirishicha, tarbiya faqat kishilarni savdo-sotiq ish
lariga tayyorlash bilan chegaralanib qolmasligi, balki uning
yordamida odamlar, ayniqsa, yoshlar fuqarolik mas’uliyatini
Dostları ilə paylaş: