Fransuz faylasufi Pol Anri Golbaxning1 fikriga ko‘ra, inson
tabiatning bo‘lagi, shuning uchun ham uning faoliyati tabiat
qonunlariga bo‘ysunadi. Bunday naturalistik nuqtayi nazarda tur
gan faylasuf, insonning biri ikkinchisiga qarama-qarshi turgan,
ikki mohiyatga ega bo‘lgan diniy qarashlarini tanqid qiladi.
Golbaxning tushuntirishicha, inson o‘zining fikrlash madaniyati
va ish bajarish qobiliyatlarining vujudga kelish sabablarini tushun-
tirib bera olmaganligi uchun ham «ma’naviylik», «jonning
o‘lmasligi» kabi tushunchalar paydo bo‘ldi. Shuning uchun ham
u, «Agar bizdan inson nima deb so‘rashsa, biz darhol bu turli
o'zgarishlarni
his
qilish, sinab ko‘rish va fikrlash uchun tashkil
qilingan moddiy mavjudotlar, deb javob berardik»2, deydi.
Golbaxning fikricha, inson — muhitning mahsuli. Chunon
chi, insonni tabiat hech qachon johil qilmaydi, balki ijtimoiy
vaziyat ta’sirida, u aqlli yoki nodon bo‘ladi. Masalan, despo-
tizm insonni fuqaro qilib emas, qul qilib shakllantiradi. Fran
suz faylasufi muhit deganda, eng awalo, siyosiy vaziyatni,
jamiyatda mavjud bo‘lgan yuridik qonunlarni tushunadi.
Agar qonunlar yaxshi bo‘lsa, axloq ham yaxshi bo‘ladi.
Agar qonunlar axmoqona bo‘lsa, turgan gapki, axloq ham
ahmoqona bo‘ladi. Shuni unutmaslik zarurki, deb ta’kidlaydi
mutafakkir, qonunni xalq emas, balki monarx yaratadi. Shuning
uchun ham, qonunning ijodkori bo‘lgan monarx ma’rifatli,
insonparvar hukmdor bo‘lmog‘i lozim. 0 ‘sha ma’rifatli, inson-
parvar monarx o‘zi yaratgan qonunlari bilan o‘ziga tobe bo‘lgan
fuqarolarni baxtiyor qiladi, degan fikr-mulohazalarni bayon etadi.
Inson borlig‘i haqida Golbax qarashlarida ba’zan biri ikkin
chisiga zid mulohazalar uchrab turadi. Chunonchi, uning fikriga
asosan bir holatda insonning faoliyat ko'rsatishida turli tabiiy
omillar ha 1 qiluvchi ahamiyatga ega bo‘ladi deyilsa, boshqa bir
holatda Gelvetsiy kabi shaxsning shakllanishida va rivojlanishida
Dostları ilə paylaş: