ishlab chiqarish munosabatlari shakllana boshladi. Ma’rifatparvarlik
g'oyalari tarix sahnasiga kirib kelayotgan angliyalik yangi mulk-
dorlar tabaqasi manfaatiga mos bo‘lib tushdi.
XVIII
asr Yevropa falsafasida inson, bir tomondan o'zining
xususiy manfaati uchun harakat
qiluvchi mavjudot sifatida
ta’riflangan bo‘lsa, ikkinchi tomondan barcha kishilar tengligini
himoya qiluvchi buyuk qudrat ekanligi rasman tan olindi.
Shuningdek, XVIII asr Yevropa falsafasi o‘sha davrning eng
muhim ijtimoiy illati bo‘lgan: faqat o‘z manfaatini ko‘zlab faoli
yat ko‘rsatuvchi xudbin, ichi qora
kishi bilan aql va adolat
bayroqdori bo‘lmish oqko‘ngil, el-yurt manfaati haqida bosh
qotiruvchi elparvar inson o‘rtasidagi kelishmovchiliklarni bar
taraf etishga urindi.
XVIII
asr Yevropa falsafiy tafakkurining o‘ziga xos xususi
yatlaridan yana biri inson ongi va faoliyatida bo‘ladigan
o ‘zgarishlarni umumiylik va ayrimlik,
tasodif va zaruriyat
chig‘irig‘idan o‘tkazib tahlil etilganligi bilan xarakterlanadi. XVII
asrda fransuz faylasuflari inson manfaatlariga qaratilgan indivi
dual hulq-atvomi boshqarib turuvchi yagona kuch — tabiat deb
tushuntirishgan bo‘lsalar, nemis ma’rifatparvarlari ushbu muam-
moga panteistik
nuqtayi-nazardan yondashib, ya’ni «dunyoviy
aql» ko‘zi bilan qarab, inson ongida bo'ladigan o‘zgarishlar
axloqiy va huquqiy prinsiplar, normalar ta ’sirida sodir bo‘ladi,
deb tushuntirdilar.
Shunday qilib, Yevropa ma’rifatparvarlari
Renessans davri
gumanizmini har tomonlama rivojlantirdilar. Inson nafaqat Xudo
oldida, balki qonun oldida ham teng bo‘Imog‘i darkor. Inson
insonning quli, cho‘risi emas, birodari bo‘lmog‘i zarur. Aho-
lining ayrim tabaqalari:
zodagonlar, ruhoniylarga berilgan
tabaqaviy imtiyozlami bekor qilish lozim, degan g‘oyani olg‘a
surdilar.
Barchaning huquqiy tengligini, qonun oldida barobar-
ligini yoqlab chiqdilar.
Dostları ilə paylaş: